19.08.2025 yildagi 181-7-92-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SAMARQAND VILOYATI OQDARYO TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hokimining 2025-yil 14-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-129-son Farmoni ijrosini taʼminlash haqida”gi 279-7-0-Q/25-sonli qarori toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining faoliyati natijadorligini oshirish, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish hamda kasbiy darajasini rivojlantirish, shuningdek, xodimlarni kafolatlangan moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishning yangi tizimini joriy etish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Samarqand viloyati hokimining 2025-yil 14-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-129-son Farmoni ijrosini taʼminlash haqida”gi 279-7-0-Q/25-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur farmoni bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq xalqaro talablar va yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari) boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning yangi tizimi joriy etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining lavozim maoshini yagona tamoyil asosida mehnatga haq toʻlashning yangilangan tarif setkasi hamda koʻp yillik xizmati va lavozimini inobatga olgan holda tabaqalashgan tarif koeffitsientlari asosida shakllantirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ragʻbatlantirish toʻlovlarini boshqaruv xodimlari tomonidan erishilgan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida har oylik ustamalar, malaka (martaba) darajalari uchun va hisobot davri yakunlari boʻyicha ragʻbatlantirish (keyingi oʻrinlarda — bonus) toʻlovlari shaklida toʻlash belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʻlash faqat mazkur farmonda belgilangan shartlarda amalga oshirilib, farmonda koʻzda tutilmagan qoʻshimcha ustamalar, mukofotlar va boshqa toʻlovlar (davlat mukofotlari uchun toʻlovlar bundan mustasno) toʻlash taqiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (E. Ashurov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (N.Ismoilov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-129-son Farmoni talablari asosida haq toʻlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib tuman hokimining birinchi oʻrinbosari E. Ashurov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan nazoratni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqdaryo tumani hokimi SH. QUDRATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-7-92-Q/25-son