XALQ DEPUTATLARI BUXORO SHAHAR KENGASHINING
QARORI
Buxoro shahar mahalliy budjetining 2025-yil birinchi yarim yillik ijrosi hamda daromad va xarajatlarga tegishli tartibda kiritilgan oʼzgartirishlar toʻgʼrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27-28 va 126 — 147-148-moddalariga asosan Buxoro shahar mahalliy budjetining 2025-yil birinchi yarim yillik daromadlari 144,1 mln. soʻmni tashkil etdi, mahalliy budjetdan 141,1 mln. soʻm miqdorida xarajatlar amalga oshirildi, shundan 58,04 mlrd. soʻmi yoki 41,1 foizi ijtimoiy xarajatlarga yoʻnaltirildi. Buxoro shahar mahalliy budjetining parametrlariga 2025-yil birinchi yarim yillik daromad va xarajatlarga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi hisobotlari axborot uchun qabul qilinsin.
Bundan tashqari, respublika budjetidan maqsadli tadbirlarga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar hamda viloyat mahalliy budjeti parametrlari doirasida kiritilgan oʻzgartirishlar hisobiga belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida moliyalashtirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27-28 va 126 — 147-148-moddalariga asosan shahar mahalliy budjetining 2025-yil birinchi yarim yillik ijrosi hamda daromad va xarajatlarga tegishli tartibda kiritilgan oʼzgartirishlar toʼgʼrisidagi hisobotlari muhokama qilib, Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Buxoro shahar hokimining birinchi oʼrinbosari — iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʼi X.Yaxyoyevning Buxoro shahar mahalliy budjetining 2025-yil birinchi yarim yillik budjet ijrosi hamda daromad va xarajatlarga tegishli tartibda kiritilgan oʼzgartirishlar toʻgʻrisidagi hisoboti 1-2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Buxoro shahar hokimining birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʼi X.Yaxyoyevga:
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi talablari asosida shahar mahalliy budjetining tasdiqlangan parametrlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlarni kiritish choralarini koʻrsin.
3. Buxoro shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda shahar davlat soliq inspeksiyasi (A. Gʼafurov)ga:
shahar hokimligi bilan birgalikda daromadlar prognoz reja koʻrsatkichlarini soʻzsiz ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish. Bunda, prognoz rejani har bir soliq turi kesimida toʻliq bajarilishini taʼminlash;
budjet daromadlari bazasini kengaytirish hamda mahalliy budjetga qoʻshimcha soliq tushirish manbalarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi (B. Ma`murov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi Q. I. TURSUNOV
Buxoro viloyati, Buxoro sh.,
2025-yil 16-avgust,
VII-10-61-2-42-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.