TOSHKENT SHAHRI YAKKASAROY TUMANI HOKIMINING
QARORI
Toshkent shahar hokimining 2025-yil 17-iyundagi 542-14-0-Q-25-son qarori ijrosi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 7-iyuldagi 413-son hamda Toshkent shahar hokimining 2025-yil 25-iyuldagi 542-14-0-Q/25-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 7-iyuldagi 413-son hamda Toshkent shahar hokimining 2025-yil 25-iyuldagi 542-14-0-Q/25-son qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 413-son qaroriga muvofiq:
Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Tuman hokimining oʻrinbosari (O. Rixsiboyev) tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (T. Yeshmetov) bilan birgalikda:
chaqiriluvchilarning harbiy xizmatni oʻtashga tayyorligini baholash boʻyicha tuman tanlov kengashini tuzsin;
chaqiriluvchilarni tanlab olish maqsadida ularning harbiy xizmatini oʻtashga tayyorligini baholash tadbirlarini tashkil qilsin;
chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari oʻtkaziladigan joylarni belgilasin;
tanlov kengashi ushbu Nizomda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida toʻliq amalga oshirilishi uchun shaxsiy masʼuliyat belgilanganligini inobatga olsin.
4. Yakkasaroy tumanidagi chaqiriluvchilarning harbiy xizmatni oʻtashga tayyorligini baholash boʻyicha tanlov kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Tuman Tibbiyot birlashmasi (S. Mavlonov):
chaqiriluvchilarni oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, tibbiy tekshiruvlarning xolisligini taʼminlash hamda tuman tibbiy komissiyasining samarali ishlashini doimiy nazoratga olsin;
chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlariga malakali, oliy va birinchi toifali shifokor-mutaxassislarni jalb etilishini taʼminlasin;
dastlabki tibbiy koʻrik jarayonida kasalligi aniqlangan chaqiriluvchilarni oʻz vaqtida davolash va tekshirish ishlarini amalga oshirsin;
tanlovni oʻtkazish jarayonida tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot xodimlari jalb etilishi choralarini koʻrsin.
6. Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (T. Yeshmetov) hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi (A.Boltaboyev):
mahalla yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda tumandagi mavjud chaqiruv resurslarini “mahallabay” tizimida oʻrganish, muddatli harbiy xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish ishlarini tashkil etsin;
joylarda tanlab olish tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazilishi boʻyicha nazoratni oʻrnatsin;
tanlov yakunlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimligiga axborot kiritsin.
7. Tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (A. Murodov):
tanlovni oʻtkazish jarayonida zarur hollarda jamoat tartibini saqlash uchun ichki ishlar organlari xodimlari jalb etilishini tashkil qilsin hamda chaqiriluvchilarni tanlov tadbirlarida toʻliq ishtirokini taʼminlashda tuman Mudofaa ishlari boʻlimiga amaliy yordam koʻrsatsin.
8. Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (T. Yeshmetov) hamda tuman hokimligi Matbuot kotibi (O. Nasimov):
tumanda oʻtkazilayotgan tanlov tadbirlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borilishini taʼminlasin.
9. Yakkasaroy tumani hokimining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O. Rixsiboyev va Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi T. Yeshmetov zimmalariga yuklansin.
Tuman hokimi N. A. ALLABERGENOVA
Toshkent sh.,
2025-yil 31-iyul,
169-14-207-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.