30.07.2025 yildagi 412-13-0-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 — 2027-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida oʻrmon fondi va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibidagi sugʻorilmaydigan yer uchastkalarining (yaylovlar, suv yetib bormaydigan, unumdorligi past boʻlgan yerlarning) yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha komissiya tarkibi va vaqtincha tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda aholi faravonligini taʼminlash uchun yangi imkoniyatlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-10-son Farmoni 5-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda aholi faravonligini taʼminlash uchun yangi imkoniyatlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-10-son Farmoni 5-bandi topshiriqlari ijro uchun rahbarlikka olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni bilan 2025 — 2027-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga oʻzining qarori asosida oʻrmon fondi va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibidagi sugʻorilmaydigan yer uchastkalarining (yaylovlar, suv yetib bormaydigan, unumdorligi past boʻlgan yerlarning) yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha, istisno tariqasida vakolat berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 — 2027-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida oʻrmon fondi va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibidagi sugʻorilmaydigan yer uchastkalarining (yaylovlar, suv yetib bormaydigan, unumdorligi past boʻlgan yerlarning) yer fondi toifasini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 — 2027-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida oʻrmon fondi va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibidagi sugʻorilmaydigan yer uchastkalarining (yaylovlar, suv yetib bormaydigan, unumdorligi past boʻlgan yerlarning) yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha vaqtincha tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F. ERMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
412-13-0-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.