XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Kogon tumanidagi geografik obyektlar (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)ni nomlash toʻgʻrisida
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 15-apreldagi 05-19-5877-sonli xulosasi hamda Kogon tuman hokimining 2025-yilning 24-iyul kunidagi 01-1706-sonli xati inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 15-apreldagi 05-19-5877-sonli geografik obyektlarga nom berish toʻgʻrisidagi takliflariga asosan Kogon tuman hokimining 2025-yilning 24-iyul kunidagi 01-1706-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi Kogontumani filiali tomonidan aniqlangan hamda Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 15-apreldagi 05-19-5877-sonli xulosasiga asosan Kogon tuman hokimining 2025-yilning 24-iyul kunidagi 01-1706-sonli xati qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan Kogon tumanidagi 29 ta geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)larning nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman statistika boʻlimi (Yu. Sirochev), Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Kogon tumani filiali (H.Baqoyev)ga masʼul tashkilotlar bilan birgalikda yangi va qayta nomlangan koʻchalarning nomlarini belgilangan tartibda roʻyxatga olish hamda hisobotlarga tegishlioʻzgartirishlar kiritish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosari (M. Shamsiyev), Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (Oʻ. Suvonov)larga tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda mahalla fuqarolar yigʻinlarida koʻcha nomlari aks ettirilgan peshlavhalarni bir oy muddatda belgilangan tartibda oʻrnatilishini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish, xalq deputatlari Kogontuman Kengashining Taʼlim, soʻgʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi S.Sharipova zimmasiga yuklatilsin
Kengash raisi QAZOQOV OTABEK NODIROVICH
Buxoro viloyati, Kogon tumani,
2025-yil 28-iyul,
VII-10-71-2-36-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.