26.07.2025 yildagi VII-15-81-2-38-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QOROVULBOZOR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan tumandagi 7 ta mahallaning chegaralari aniq belgilangan hududdagi koʻchalarni toifalar (koʻcha, shoh koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)ga ajratish va nomsiz koʻchalarni nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 2012-yil 16-oktabrdagi 295-sonli qarori talablaridan kelib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rayosati majlisinining 117-sonli bayoni qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi asosida tumandagi 7 ta mahallaning chegaralari aniq belgilangan hududdagi koʻchalarni toifalarga (koʻcha, shoh koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha) ajratish yuzasidan davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi Qorovulbozor tumani filiali tomonidan aniqlangan nomsiz koʻchalarga nom berish boʻyicha takliflarni Geografik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Buxoro viloyati komissiyasi hamda geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspert komissiyasining 2025-yil 6-martdagi 05-19-3567-sonli xulosasini koʻrib chiqib, va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y, 41-son, 448-moddasi, 2011-y, 303-son, 10-moddasi)ga asoslanib, xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspert komissiyasining 2025-yil 6-martdagi 05-19-3567-sonli geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi xulosasi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Qorovulbozor tumani filiali tomonidan aniqlangan nomsiz koʻchalar ilovaga muvofiq nomlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilovaning 4 bandidagi “Boʻston” mahallasi soʻzi “Boʻzachi” mahallasi deb oʻqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (Gʻ.Quvatov), tuman statistika boʻlimi (F.Jumayev), Kadastrlar palatasi Qorovulbozor tumani filiali (R.Boqiyev)ga tegishli davlat roʻyxatidan oʻtkazish idoralari bilan birgalikda mazkur qarordan kelib chiqib hisobotlarga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (G.Nasirova) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi Oʻ. HAMROYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Qoravulbozor tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-15-81-2-38-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.