25.07.2025 yildagi 213-2-208-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUXORO VILOYATI KOGON SHAHAR HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025/2026-oʻquv yili maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish va umumtaʼlim muassasalariga hududlarni biriktirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11- maydagi PF-134-sonli qaroriga muvofiq, 1-sinfga qabul qilishda ota-onalarga qulaylik yaratish uchun bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari joriy etish, hamda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish va umumtaʼlim muassasalariga hududlarni biriktirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025/2026-oʻquv yilida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish maqsadida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari M. Saʼdullayeva, Kogon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi v.v.b. A. Ziyayevlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlanganligi, 2025-2026-oʻquv yilida bolalarni umumiy oʻrta taʼlim maktablariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron davlat xizmatlari portali (my.maktab.uz) orqali amalga oshirilishi va Kogon shahrida 2025-2026 oʻquv yilida davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1-sinfga qabuli boʻyicha davlat xizmati joriy etilishi tasdiqlanganligini inobatga olgan holda, maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga toʻliq qamrab olinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablariga farzandlarining hujjatlarini topshirish uchun kelgan ota-onalarni elektron navbatda belgilangan muddatda qabul qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi oʻquv yiliga samarali tayyorgarlik koʻrish doirasida maktablarni malakali boshlangʻich sinf oʻqituvchilari bilan toʻldirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirib borish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror tasdiqlangan kundan eʼtiboran barcha umumtaʼlim muassasalariga yetkazish va ijrosini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kogon shahridagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan hududlarda mahallalar bilan hamkorlikda 0 — 7 yoshdagi bolalarning sonini aniqlash ishlarini doimiy nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025/2026-oʻquv yilida 1-sinfga faqatgina 2018-yil 1-yanvardan keyin va 31-dekabrga qadar tugʻilgan bolalarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025/2026-oʻquv yilida 1-sinfga oʻqishga qabul qilingan bolalar soni qabul rejasiga nisbatan oshib ketgan hamda oʻqitishga moddiy-texnik imkoniyati yetmaydigan maktablardan yashash joyi boʻyicha hududi biriktirilgan maktablarga qabul qilish (oʻtkazish) orqali taʼlim sifatini yaxshilash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror mazmun-mohiyatini aholiga, xususan maktab yoshidagi bolalari mavjud boʻlgan ota-onalarga tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun umumtaʼlim muassasalari rahbarlari shaxsan masʼul ekanligi belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim maktabiga oʻqishga qabul qilinayotgan bolalarning ota-onalari umumtaʼlim muassasasi nizomi, ichki tartib-qoidalari va taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi boshqa hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kogon shahar hokimining 2023-yil 27-iyundagi 123-2-208-Q/23-sonli “2023/2024-oʻquv yili maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish va umumtaʼlim muassasalariga hududlarni biriktirish toʻgʻrisida” gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari M. Saʼdullayeva zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar hokimi TOʻRABOYEV M. M
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Kogon shahar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213-2-208-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.