BUXORO VILOYATI VOBKENT TUMANI HOKIMINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarni harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Nizomiga muvofiq Vobkent tumanidagi korxona, tashkilot, muassasalar, taʼlim muassasalari va oʻzini-oʻzi boshqarish organlarida harbiy hisobni olib borish va tashkillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarni harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Nizomiga muvofiq Vobkent tumanidagi korxona, tashkilot, muassasalar, taʼlim muassasalari va oʻzini oʻzi boshqarish organlarida harbiy hisobni olib borish va ushbu toifani iqtisodiyot tarmoqlariga bron qilish ishlarini tekshirish ustidan nazorat qilish va uni sifatini yaxshilash maqsadida hamda tuman mudofaa ishlari boʻlimining 2025-yil 4-apreldagi 228-sonli xatini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Tuman mudofaa ishlari boʻlimining 2025-yil 4-apreldagi 228-sonli xati inobatga olinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarni harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Nizomiga muvofiq tuman mudofaa ishlari boʻlimi, korxona, tashkilot, va taʼlim muassasalarda boshqaruv va ijro uchun qabul qilinsin.
3. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning umumiy va maxsus roʻyxati tumandagi davlat korxona, tashkilot va muassasa shuningdek taʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan ularning yashash, ishlash joylari boʻyicha amalga oshirilsin.
4. Harbiy roʻyxatga olish tadbirlarini bajarish jarayonida tuman davlat korxona, tashkilot va muassasa shuningdek taʼlim muassasalari maʼmuriyatlari quyidagi vazifalarni bajarishi majburiyligi belgilansin:
· Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan harbiy hisobni tekshiruv jarayonida ushbu qarorning ilovasidagi jadval asosida koʻrsatilgan muddatlarda harbiy hisobga oid barcha hujjatlar taqdim etilsin:
· Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi va Davlat Statistika Qoʻmitasi tomonidan belgilangan qoida va shakllar boʻyicha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar roʻyxatining toʻla toʻkisligi va sifatliligi taʼminlansin;
· Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan bronlash boʻyicha roʻyxatga muvofiq iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun rahbarlar, muhandis texnik xodimlar, malakali ishchilardan iborat harbiy xizmatga majburlarni oʻz vaqtida bronlash rasmiylashtirilsin;
· Tuman mudofaa ishlari boʻlimida harbiyga majburlarni harbiy hisobini sifatli olib borish maqsadida tumandagi davlat korxona, tashkilot hamda taʼlim muassasa shuningdek taʼlim muassasalaridan mudofaa boʻlimida zaruriyat tugʻilgan vaqtda yetarli malakaga ega boʻlgan ishchi xodimlar (texnik xodimlar) ajratilsin.
5. Tumandagi davlat korxona, tashkilot va muassasalari boshlangʻich harbiy roʻyxat masalalari boʻyicha tadbirlarni bajarish jarayonida quyidagilarga majburligi belgilansin:
-xizmat koʻrsatayotgan hududda yashovchi barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar roʻyxatining toʻla qamrab olinganligi va sifatliligi taʼminlash;
-harbiy xizmatga majburlar, safarbarlik chaqiruvi rezervi va muqobil xizmat xizmatchilari hamda chaqiriluvchilarning hisob varaqalarini zaxiradagi ofitserlar guvohnomasi, rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining harbiy guvohnomalari, chaqiriluvchilarning qayd qilinganligi guvohnomalari bilan solishtirib, T-2 shakldagi shaxsiy varaqalari, yakka tartibdagi hisob varaqalarini har yili kamida bir marta tuman mudofaa ishlari boʻlimiga taqqoslash uchun taqdim etilsin;
· harbiy roʻyxatga qoʻyilgan va roʻyxatdan chiqarilgan barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar haqida oʻn kun muddat ichida tuman mudofaa ishlari boʻlimiga yozma maʼlumot berilsin;
· harbiy xizmatga majburlarning yakka tartibdagi hisob varaqalari va chaqiriluvchilar roʻyxatiga maʼlumoti, ish joyi, lavozimi, oilaviy ahvoli va yashash joyi boʻyicha oʻzgarishlarni kiritib borish hamda har oyda mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻiga maʼlumot berilsin.
1. Tuman davlat korxona, tashkilot, muassasalarda kimning tasarrufida ekanligi va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatini tashkil qilish hamda uni nazorat qilish tuman mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan amalga oshirilsin.
2. Tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2003-yil 4-martda tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Nizom talablarini sifatli va samarali bajarish, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni toʻla qamrab olgan xolda harbiy roʻyxatga olishni toʻla toʻkis amalga oshirish yuklatilsin.
3. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Sh.Husenov va tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Z.Djabarov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi A. OSTONOV
Buxoro viloyati, Vobkent tumani,
2025-yil 22-iyul,
242-2-33-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.