XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING
QARORI
2025-yilgi mahalliy budjet xarajatlari yoyilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 148-moddasiga asosan, mahalliy byudjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning 2025-yil uchun xarajatlar yoyilmasiga 10 foiz va undan ortiq miqdordagi oʻzgarishlar mavjudligi hamda Yangiariq tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari X.Bekchanovning takliflarini inobatga olib, xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Yangiariq tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan taqdim etilgan “Tumandagi budjet tashkilotlarining 2025-yilgi xarajatlar yoyilmasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining 2024-yil 28-dekabrdagi VII-5-023-12-179-K/24-sonli qarorining 2-ilovasiga, mazkur qarorning ilovasiga muvofiq tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (S.Jabbarov)ga 2025-yil II chorak ijrosini sifatli yakunlash va kreditor qarzdorlikka yoʻl qoʻymaslik maqsadida tuman mahalliy budjetidan mablagʻ oluvchi budjet muassasalarining xarajatlar yoyilmasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish vazifasi topshirilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi (X.Ollaberganov) va tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi S.Jabbarovlar zimmalariga yuklansin.
Kengash raisi MATNAZAROV ZAFARBEK BAHADIROVICH
Xorazm viloyati, Yangiariq tumani,
2025-yil 21-iyul,
VII-12-96-12-179-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.