XORAZM VILOYATI SHOVOT TUMANI HOKIMINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-136-sonli qarori va bu yuzadan viloyat hokimining 2025-yil 21-maydagi 239-12-0-Q/25-sonli qarorining ijrosi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-136-sonli qarorining ijrosi yuzasidan tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport salohiyatini yanada oshirish, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish, qayta ishlash, saqlash, eksport qilish va kooperatsiya tizimini joriy etish jarayonlarini oʻzaro integratsiya qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-136-sonli qarori hamda bu yuzadan viloyat hokimining 2025-yil 21-maydagi 239-12-0-Q/25-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Viloyat hokimining mazkur qarori bilan:
Quyidagilar:
Viloyatda 2025-2027-yillarda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmlarini oshirishni maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga;
2025-2027-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-lovaga;
2025-2027-yillarda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash hajmlarini oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga;
viloyat hududida ayrim turdagi mahsulotlar eksportining 2025-2026-yillardagi istiqbolli koʻrsatkichlari 4-ilovaga;
2025-yilda ishga tushiriladigan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari uchun qadoqlar ishlab chiqarish loyihalari manzilli roʻyxati 5-ilovaga;
2025-yilda xalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga hudutlarda oʻrnatiladigan 12 ta kichik hajmli koʻchma muzlatkichlarning prognoz taqsimoti 6-ilovaga;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni sanotlashtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (I.Xamdamov, N.Boboniyozov), tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi (B.Bekchanov), tuman oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi (Y.Iskandarov) bilan birgalikda:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlariga erishish maqsadida ishlarni samarali tashkil qilish;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlarga muvofiq tuman hududlarida meva-sabzavot mahsulotlari qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishda qayta ishlash va saqlash darajasini oshirishning 2025-2027-yillardagi istiqbolli koʻrsatkichlarini taʼminlash;
xorijda tashkil qilinadigan savdo yarmarkalarini yetarli mahsulotlar bilan taʼminlash;
bir oy muddatda Respublika hududida ayrim turdagi mahsulotlar eksportining 2025-2026-yillardagi istiqbolli koʻrsatkichlarida belgilangan ayrim turdagi eksportbop mahsulotlar bozorini diversifikatsiyalashning maqsadli koʻrsatkichlari asosida tuman kesimida eksport qilishning aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tuman hokimligiga tasdiqlash uchun kiritish choralarini koʻrsin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosari I.Xamdamov tuman oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi (Y.Iskandarov) va tijorat banklari bilan birgalikda 5-ilovaga muvofiq 2025-yilda meva-sabzavot mahsulotlariga moʻljallangan qadoqlarni ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirishga masʼul etib belgilansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga tuman hokimining oʻrinbosarlari I.Xamdamov va N.Boboniyozov, tuman oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi boshligʻi Y.Iskandarovlar masʼul va shaxsiy javobgar etib belgilansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Shovot tumani hokimi M. DAVLATOV
Xorazm viloyati, Shovot tumani,
2025-yil 15-iyul,
252-12-177-Q/25-son