Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlansin: | ||
Asadov Sherzod Ikromovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi |
Xodjayev Asadjon Azatbekovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
Joʻraboyev Abdurashid Abduvohidovich | — | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi |
Koʻchimov Abdusaid Koʻchimovich | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori |
Qudratxoʻja Sherzodxon Tojiddinxon oʻgʻli | — | Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruv raisi |
Usmonov Jaloliddin Qudratovich | — | Xalqaro press-klub raisi |
Doniyorov Salim Musurmonovich | — | «Yangi Oʻzbekiston» va «Правда Востока» gazetalari Bosh muharriri |
Rahmatov Oʻtkir | — | «Xalq soʻzi» va «Народное слово» gazetalari Bosh muharriri |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tashakkurnomasi bilan taqdirlansin: | ||
Niyozov Norbek Ramazanovich | — | «Oʻzbekiston 24» telekanali Bosh muharriri |
Eshboyev Izzat Isakovich | — | «Oʻzbekiston 24» telekanali muxbiri |
Normurodova Inobat Qodirovna | — | «Oʻzbekiston» telekanali muxbiri |
Umarova Madina Nurillayevna | — | «Yoshlar» telekanali muxbiri |
Esanova Dilfuza Asrokulovna | — | «Sevimli» telekanali muxbiri |
Yusupov Doniyor Mirkadirovich | — | «Yoshlar» radiosi muxbiri |
Toʻxtashev Jamoliddin Kurbanovich | — | «Xalq soʻzi» va «Народное слово» gazetalari Bosh muharririning birinchi oʻrinbosari |
Shukurov Saidaxmad Xoldarovich | — | «Народное слово» gazetasi muxbiri |
Asrorov Ulugʻbek Xolboyevich | — | «Yangi Oʻzbekiston» gazetasi Bosh muharririning oʻrinbosari |
Pushkareva Yuliya Mixaylovna | — | «Правда Востока» gazetasi Bosh muharririning oʻrinbosari |
Komilova Muxtarama Ramazonovna | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri |
Abdurahmonov Jasur Qosimjon oʻgʻli | — | «Renessans» telekanali Bosh muharriri |
Bazarbayeva Shaxzada Alliyar qizi | — | «Ijtimoiy-huquqiy media» markazi boʻlim boshligʻi |
Farmonova Sitora Shodimurod qizi | — | «Ijtimoiy — huquqiy media» markazi bosh mutaxassisi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining qarori, 24.06.2025 yildagi 1009-V-son
Кучга кириш санаси
24.06.2025
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Faxriy yorligʻi va Tashakkurnomasi bilan taqdirlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi, parlament nazorati, xalqaro va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarini hamda deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishda munosib hissa qoʻshayotgan, oʻzining mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan hurmat-eʼtibor qozongan, quyi palata faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikning xabardorligini taʼminlash borasida samarali mehnat qilib kelayotgan matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini va Devoni xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyaning tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarning, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek deputatlarning faoliyati toʻgʻrisidagi xolis va haqqoniy axborotni keng jamoatchilikka yetkazishga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun quyidagilar:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan amalga oshirilayotgan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlarini, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng yoritish, bu borada xolis va haqqoniy axborotni keng jamoatchilikka yetkazishga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Matbuot xizmati Axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash guruhining katta referent-muharriri Isomiddinov Salohiddin Qurbonovich hamda Matbuot xizmati OAV bilan ishlarni muvofiqlashtirish guruhining yetakchi mutaxassisi Normatov Abbosjon Xudoyqul oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlansin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025 yil 24 iyun,
№ 1009-V