XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Budjet xarajatlari samaradorligi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish hamda mahalliy budjetning samarasiz, past samarali xarajatlari boʻyicha maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan yoʻnaltirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 119, 120, 126-moddalariga asosan, Namangan viloyati hokimining 2025-yil 17-iyundagi 01/10-755-sonli taqdimnomasi hamda Namangan viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari M.Abdullayevning hisoboti asosida budjet xarajatlari samaradorligi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish hamda samarasiz, past samarali xarajatlari boʻyicha maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan yoʻnaltirish toʻgʻrisida, xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining:
119-moddasiga asosan Davlat budjetining qoʻshimcha manbalari Davlat budjetining har bir darajasidagi budjetlarida alohida-alohida shakllantirilishi;
qoʻshimcha manbalar tarkibiga Budjet Kodeksining 120-moddasi to`rtinchi qismiga muvofiq budjetdan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilishi natijasida boʻshab qolgan mablagʻlar ham kiritilganligi hamda Namangan viloyati hokimining 2025-yil 17-iyundagi 01/10-755-sonli taqdimnomasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 126-moddasiga asosan, viloyat hokimligining Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashiga taqdim etgan taklifiga muvofiq, viloyat mahalliy budjetining 2025-yilgi xarajatlari boʻyicha maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan ilovaga muvofiq 70 088 700,0 (etmish milliard sakson sakkiz million yetti yuz) ming soʻm mablagʻlar yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-dekabrdagi 137-sonli rayosat majlisi bayoniga asosan Namangan Erkin iqtisodiy zonasi Zarafshon massivi hududida ichki xoʻjalik yoʻlini mukammal taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish uchun 300,0 mln.soʻm mablagʻ ajratilganligi hamda 2024-yil yakuniga qadar moliyalashtirilmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-dekabrdagi 137-sonli rayosat majlisi bayoniga asosan ajratilgan mablagʻlar hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmasining qoldiq mablagʻlari hisobidan Namangan Erkin iqtisodiy zonasi Zarafshon massivi hududida ichki xoʻjalik yoʻlini mukammal taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish uchun Namangan mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati DMga 300,0 (uch yuz) million soʻm mablagʻ yoʻnaltirilsin.
4. Xarajatlarni amalga oshirishga masʼul tashkilotlar rahbarlariga:
ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, rasmiylashtirilgan hujjatlarni viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda viloyat gʻaznachilik xizmati boshqarmasiga taqdim etish hamda belgilangan tartibda toʻlovlarni amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
5. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (M.Abdullayev)ga budjet xarajatlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda viloyat gʻaznachilik xizmati boshqarmasi (A.Toʻrayev)ga toʻlovlarni oʻrnatilgan tartibda va oʻz vaqtida amalga oshirish hamda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi viloyat boshqarmasi (B.Xodjiyev)ga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish vazifalari topshirilsin.
6. Ushbu qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
7. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi I.Ikramov hamda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Z.Baxriddinov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi MUMINOV SOLIJON DJALILOVICH
Namangan viloyati,
2025-yil 11-iyul,
VII-12-101-6-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.