04.07.2025 yildagi VII-16-82-7-107-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahardagi Bobir Mirzo koʻchasidan Firdavsiy koʻchasigacha boʻlgan Mahmud Koshgʻariy koʻchasining bir qismini “Rim koʻchasi” deb nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-, 6-, va 10-moddalariga muvofiq “Shahardagi Bobir Mirzo koʻchasidan Firdavsiy koʻchasigacha boʻlgan Mahmud Koshgʻariy koʻchasining bir qismini “Rim koʻchasi” deb nomlash toʻgʻrisida”gi 2025-yil 10-iyundagi Bogʻi Temur mahallasining yigʻilish bayoni asosidagi taklifi, Samarqand shahar hokimligining geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha komissiyasining 2025-yil 12-iyundagi 01-37/2576-sonliyigʻilish bayoni va Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining 2025-yil 17-iyundagi 13-01/66-sonli yigʻilish bayoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Geografik obyektiarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi” haqidagi 2025-yil 17-iyundagi 05-19-9853-sonli ekspertiza xulosasini inobatga olib, xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, oʻn oltinchi sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi N.Alkarovning “Shahardagi Bobir Mirzo koʻchasidan Firdavsiy koʻchasigacha boʻlgan Mahmud Koshgʻariy koʻchasining bir qismini “Rim koʻchasi” deb nomlash toʻgʻrisida”gi taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Samarqand shahridagi Bobir Mirzo koʻchasidan Firdavsiy koʻchasigacha boʻlgan Mahmud Koshgʻariy koʻchasining bir qismini “Rim koʻchasi” deb nomlash haqidagi takliflar tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. shahar mahallalar uyushmasi raisi (J.Qodirov), shahar statistika boʻlimi (J.Samiydinov), Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi Samarqand shahar filiali (X.Abjalov), mazkur qarorga asosan koʻchaning nomini belgilangan tartibda statistik hisobotlarda aks ettirilishini va ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilishi taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (A.Sulaymonov), shahar mahallalar uyushmasi raisi (J.Qodirov) nom berilgan koʻchaga tegishli belgilarini oʻzgartirish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shahar mahallalar uyushmasi raisi (J.Qodirov), shahar obodonlshtirish boshqarmasi (Y.Bobonazarov) bilan birgalikda nom berilgan koʻchaga belgilangan tartibda zamonaviy talablar asosida peshlavha (koʻcha nomi yozilgan tablechka) va koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shahar hokimligi axborot xizmati rahbari (A.Pulatov). “Samarkand”gazetasi bosh muharriri (O.Sonniboyev)lar ommaviy axborot vositalarida hamda gazetalarda hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga rasman eʼlon qilish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiborankuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi” raisi (S.Xamrayev) va shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (N.Alkarov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi UMAROV FAZLIDDIN KARIMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Samarqand sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-16-82-7-107-K/25-son