FARGʻONA VILOYATI MARGʻILON SHAHAR HOKIMINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qarori toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 275-sonli qarori hamda Fargʻona viloyati hokimining 2025-yil 14-maydagi 254-11-0-Q/25-sonli qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 275-sonli qarori hamda Fargʻona viloyati hokimining 2025-yil 14-maydagi 254-11-0-Q/25-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda Fargʻona viloyati hokimligining mazkur qarorlari bilan ilovaga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi inobatga olinsin:
-yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etilganligi;
-bolalar va oʻsmirlar sport maktablari negizida sport maktablari tashkil etilganligi;
-ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar maktablari negizida ixtisoslashtirilgan sport maktablari tashkil etilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish;
-sport-taʼlim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini belgilash;
-sport-taʼlim muassasalarining ayrim shtat birliklarini maqbullashtirish.
3. Mazkur qarorga asosan shahar hokimining 2010-yil 8-oktyabr kungi 547-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi inobatga olinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda Fargʻona viloyati hokimligining mazkur qarorlariga shahar hokimligi,boshqarma va tashkilotlari, 10 kun muddatda oʻzlarining idoraviy meʼyoriy hujjatlarini muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari T.Beknazarov zimmasiga yuklatilsin.
Shahar hokimi SH. NISBATXONOV
Fargʻona viloyati, Margʻilon shahri,
2025-yil 27-may,
92-11-168-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.