27.06.2025 yildagi VII-14-71-2-38-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QOROVULBOZOR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorovulbozor tumanining 2025-yil mahalliy budjetiga 1-chorak kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27 va 126-moddalariga hamda Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2025-yil 6-maydagi VII-11-47-2-0-K/25-sonli qaroriga asosan 2025-yil 1-choragi mahalliy budjeti daromadlariga kiritilgan oʻzgartirishlar hamda 2025-yil 1-choragi davomida budjet tashkilotlarining soʻroviga binoan birinchi darajali toʻlovlar va joriy xarajatlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish maqsadida vakolat doirasida kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olish va maqsadli tadbirlarni moliyalashtirish uchun tegishli oʻzgartirishlarni koʻrib chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2025-yil 6-maydagi VII-11-47-2-0-K/25-sonli qaroriga asosan Qorovulbozor tumanining 2025-yil 1-choragi mahalliy budjeti daromadlariga kiritilgan oʻzgartirishlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2025-yil 6-maydagi VII-11-47-2-0-K/25-sonli qaroriga asosan 2025-yil 1-choragi davomida budjet tashkilotlarining soʻroviga binoan birinchi darajali toʻlovlar va joriy xarajatlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish maqsadida vakolat doirasida kiritilgan oʻzgartirishlar oʻzgartirishlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Gʻ.Niyozovga 2025- yil uchun ushbu qarordan kelib chiqib mahalliy budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi Oʻ. HAMROYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Qoravulbozor tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 27-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-14-71-2-38-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.