XALQ DEPUTATLARI BOYSUN TUMANI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 17-martdagi “Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025-yil 18-fevraldagi “Surxondaryo viloyati budjetining 2025-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida”gi VII-5-30-8-0-K/25-son qaroriga oʻzgartirish kiritish hamda viloyat mahalliy budjetiga respublika budjetidan ajratilgan ssuda mablagʻlar hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida”gi VII-8-41-8-0-K/25-sonli qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 17-martdagi VII-8-41-8-0-K/25-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi, qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 17-martdagi VII-8-41-8-0-K/25-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 17-martdagi VII-8-41-8-0-K/25-sonli qarori bilan Boysun tumani mahalliy budjetiga Boysun tumani hokimligi maʼmuriy binosi hamda isitish tizimini kapital taʼmirlash uchun ajratilgan 147,0 mln. soʻm mablagʻ tuman hokimligining zaxira jamgʻarmasidan berilganligi sababli ushbu mablagʻ quyidagicha taqsimlansin:
Tuman hokimligiga- 147000,0 ming soʻm;
- Axborot Kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish DUK tomonidan yetkazib berilayotgan internet xizmatlaridan 2024-yilda yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun – 52813,0 ming soʻm;
- E-QAROR elektron tizimi abonent toʻlovi uchun – 26500,0 ming soʻm;
-EDO.IJRO.UZ elektron tizimi abonent toʻlovi uchun – 13247,0 ming soʻm;
-Xizmat avtomashinalariga avtobenzin sotib olish uchun – 24750,0 ming soʻm;
-Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida ish yuritish boʻyicha oʻqitish toʻlovi uchun – 2886,0 ming soʻm;
-Boysun tuman hokimligini rasmiy veb-sayti faoliyatni yagona platformada yuritish va uni texnik qoʻllab-quvvatlash uchun 13500,0 ming soʻm;
-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 30-apreldagi 18/2-03-16-1200 xdfu sonli xatiga asosan Boysun tumani hokimligi matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi hamda tuman hokimligi axborot xizmati ish yurituvchisini bir oylik ish haqi miqdorida moddiy ragʻbatlantirish uchun 8054,0 ming soʻm;
- Boysun tumani hokimligi axborot xizmati moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida (MIKROFON BOYA, CANON LP-E6N quvvatlagich) sotib olish uchun – 5250,0 ming soʻm.
3. Mahalliy budjetning qoʻshimcha shakllangan mablagʻlari favqulodda vaziyatlarda va shunga oʻxshash kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi talab etiladigan hollarda Kengashga keyin hisobot berish sharti bilan hokimning qarori asosida yoʻnaltirilishi mumkinligi belgilansin.
4. Qoʻshimcha manbalarning bir qismini tumanni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish munosabati bilan tegishli tashkilot va muassasalar hisobiga oʻtkazib beriladigan mablagʻlarning natijadorligini va maqsadliligini taʼminlash uchun moliya boʻlimga xarajat yoʻnalishini aniqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
5. Tuman budjetining joriy yil davomida shakllangan qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan yoʻnaltirilgan mablagʻlar toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga chorak yakuni bilan tuman hokimligi tomonidan hisobot berib borilishi belgilansin.
6. Tuman budjetining qoʻshimcha manbalaridan mablagʻ oluvchilarning rahbarlari ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek ushbu mablagʻlarni ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga shaxsan javobgar ekanligi belgilansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Q.Alimov zimmasiga yuklatilsin.
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi SHUKUROV BOXADIR SHOTURAYEVICH
Surxondaryo viloyati, Boysun tumani,
2025-yil 24-iyun,
VII-9-69-8-110-K/25-son