XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMANI KENGASHINING
Q A R O R I
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi huzurida ekspert guruhini tashkil qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri S. Sobirjonovga:
oʻz vakolatiga kiradigan vazifalarni samarali amalga oshirishga koʻmaklashuvchi, fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat boʻlgan ekspert guruhi faoliyatini jamoatchilik asosida tashkil etish;
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkiliy, uslubiy va maslahat yordami koʻrsatish topshirilsin.
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi ABDUVALIYEV BOXADIR ABDULXAYEVICH
Toshkent sh.,
2025-yil 21-iyun,
III-9-46-14-206-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.