XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni chiqindi poligonlariga qabul qilish va saqlash xizmatlari uchun yagona tariflarni belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-fevraldagi 23-sonli majlis bayoni, viloyat hokimi oʻrinbosari (A.Shukurov)ning 2025-yil 21-apreldagi (229/01-30-sonli) bildirgisi, “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” DM viloyat boshqarmasining 2025-yil 12-apreldagi (196-sonli) murojaati, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 28-oktabrdagi (02/05-38/2789-sonli) xulosasiga asoslanib, viloyat hududida qattiq maishiy chiqindilarni chiqindi poligonlariga qabul qilish va saqlash xizmatlari uchun yagona tariflarni belgilash va tartibga solish maqsadida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq, oʻn toʻrtinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Samarqand viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni chiqindi poligonlariga qabul qilish va saqlash xizmatlari uchun toʻlov tariflari miqdori ilovaga muvofiq maqullansin.
2. Viloyat hokimining oʻrinbosari (A.Shukurov) viloyatda qattiq maishiy chiqindilarni chiqindi poligonlariga qabul qilish va saqlash xizmatlari uchun toʻlov tariflari miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida viloyat hokimining qaror loyihasini belgilangan tartibda ishlab chiqsin.
3. “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” DM viloyat boshqarmasi (N.Baymuratov) chiqindilarni hududlardagi poligonlarga qabul qilish va saqlash boʻyicha assosiz ravishda belgilangan narxlarni oshirib yubormaslik uchun shaxsan javobgar etib belgilansin.
4. Viloyat televideniyesi v.v.b (D.Ismatov), “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev)ga qaror ijrosi boʻyicha hududlarda amalga oshirilgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M.Poʻlatov) hamda viloyat hokimi oʻrinbosari (A.Shukurov) zimmalariga yuklansin.
Sessiya raisi YULDASHEV SHERALI MAMARAIMOVICH
Samarqand viloyati,
2025-yil 20-iyun,
VII-14-86-7-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.