XALQ DEPUTATLARI DENOV TUMANI KENGASHINING
QARORI
2025-yilning 1-choragi davomida Denov tumani mahalliy budjeti daromadlar rejasining belgilangan prognoz koʻrsatgichlaridan orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-657-son Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2022-yil 8-apreldagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi QQ-331-IV-sonli qarorlari muvofiq tuman budjetining joriy yil 1-choragi davomida shakllangan qoʻshimcha mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha xalq deputatlari Denov tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2020-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-657-son Qonunining 14-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2022-yil 8-apreldagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tuman tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi QQ-331-IV-sonli qarori muvofiq, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimligi, Iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda mutasaddi tashkilotlarning tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish yuzasidan kiritgan takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Tuman mahalliy budjetining 2025-yil 1-chorak yakuniga koʻra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan mablagʻi 1 824 960,0 ming soʻmni tashkil etganligi.
shundan:- 119 464,0 ming soʻm Davlat aktivlarini sotishdan tushganligi;
- 892 327,0 ming soʻm yer uchastkalariga Boʻlgan huquqlarni sotishdan tushganligi;
- 813 169,0 ming soʻm daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan tushganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Joriy yil 1-choragida shakllangan daromadlar rejasining oshirib bajarilgan mablagʻlarining qolgan qismi 1 824 960,0 ming soʻm quyidagi xarajatlarga yoʻnaltirilgan.
jumladan;
Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bilan bogʻlik tadbirlarga 243 951,0 ming soʻm yaʼni 13,4 foizi;
Boshqaruv organlari bilan bogʻlik tadbirlarga 590 555,0 ming soʻm yaʼni 32,4 foizi;
Boshqa xarajatlarga 870 990,0 ming soʻm yaʼni 47,7 foizi hamda 119 464,0 ming soʻm taqsimlanmagan mablagʻ yoʻnaltirilganligi ilova muvofiq tasdiqlansin.
4. Mahalliy budjetining qoʻshimcha shakllangan mablagʻlari favqulodda vaziyatlarda va shunga oʻxshash kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi talab etiladigan hollarda Kengashga keyin hisobot berish sharti bilan hokimning qarori asosida yoʻnaltirilishi mumkinligi belgilansin.
5. Tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari tuman mahalliy budjeti hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilmagan tashkilotlarni saqlab turish xarajatlari uchun yoʻnaltirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilansin.
6. Tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalaridan mablagʻ oluvchilarning rahbarlari ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek ushbu mablagʻlarni ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga shaxsan javobgar ekanligi belgilansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Denov tumani Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi O.Niyozov zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi ABROROV ILXOM IBRAXIMOVICH
Surxondaryo viloyati, Denov tumani,
2025-yil 18-iyun,
VI-10-65-8-111-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.