12.06.2025 yildagi VII-12-61-6-90-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI YANGIQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilning sug' orish davri uchun suv olish limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-5-son va Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarorlari hamda Amudaryo va Sirdaryo oʻzanidan, davlatlararo kichik daryolardan olinadigan suv olish limiti, avval tasdiqlangan shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar va Gidrometeorologiya xizmati agentligining 2025-yil 5-martdagi 2025-yil vegetatsiya (aprel-sentyabr) davriga Amudaryo va Sirdaryo havzalari daryolarida suv sarfining dastlabki prognozi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, alohida yirik suv xoʻjaligi obyektlarining suv olish va suv yetkazib berish rejalari, suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari maʼmuriy hududlar boʻyicha umumlashtirib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kutilayotgan suv resurslarini oʻz vaqtida isteʼmolchilarga yetkazish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil qilish hamda joriy yilning sugʻorish mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazish boʻyicha hamda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining kutilayotgan suv resurlarini oʼz vaqtida isteʼmolchilarga yetkazishni taʼminlash, hamda rahbar–xodimlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish va joriy yilning sugʼorish davrini muvaffaqiyatli oʼtkazish maqsadida Xalq deputatlari Yangiqoʻrgʻon tuman Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bоʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish tоʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori hamda Оʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori ijro uchun qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2024 yildagi PQ-5-sonli qarori Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv-tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etish bоʻyicha hxududlarda qishloq xоʻjaligi yerlardan foydalanuvchilar оʻrtasida keng targʻibot va tashviqot hamda seminar, treninglar muntazam tarzda amalga oshirib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman boʻyicha 2025-yilning sugʻorish davri uchun ajratilgan suv olish limiti l-, 2-, 3-, 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Suv yetkazib berish xizmati DM direktorii T.Mamasiddiqov hamda tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi N.Alimovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Оʻzbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mоʻljallangan asosiy yоʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Оʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga оʻzgartirish va qоʻshimchalar kiritish tоʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xоʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (оʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xоʻjaliklari va qishloq xоʻjaligiga mоʻljallangan yerlarga ega bоʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (keyingi оʻrinlarda - suv soligʻi) stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 sоʻm etib belgilanganligi bоʻyicha tegishli amaliy choralar kоʻrib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Suv istemolchilari bilan tuzilgan shartnomaga asosan suv olish limitlariga оʻzgartirishlar kiritish (manbalarning suvliligi kamaygan hollar bundan mustasno). manbalarda suv hajmi kamaygan yoki kоʻpaygan holatlarda suv olish limitlariga, yuqori turuvchi tashkilotning ruhsati bilan, suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish rejasining parametrlari оʻzgartirilmasdan, tegishli оʻzgartirishlar kiritilishini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“suv istemolchisi” tomonidan suv olish hamda olingan suvning hisobini yuritishdan asossiz bosh tortish, davlat suv xоʻjaligi inshootidan foydalanish tartiblari buzilgan taqdirda davlat organlariga tegishli chora kоʻrish bоʻyicha ijro xatlarini kiritib borish Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi bоʻlimiga yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Suv resurslari olish yuzasidan buyurtmanomalar ”suv istemolchisi“ tomonidan Davlat muassasasiga, suv olish boshlanishidan 10 (оʻn) kun oldin belgilangan shaklda, suv olishning aniq joylari va muddatlari (suv olishning boshlanishi va tugashi), shuningdek olinadigan suv miqdori, undan foydalanish yoki uni isteʼmol qilishning, mahalliy hokimiyat, suv xоʻjaligi, qishloq xоʻjaligi, MMTP, agrofirma hamda MFY raislari suv olish tartibi bоʻyicha dehqon xоʻjalik rahbarlari va yerdan foydalanuvchi fuqarolarga yil davomida tushintirish ishlarini olib borish taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorini ijrosini taʼminlash tuman hokimining qishloq va suv xоʻjaligi masalalari bоʻyicha оʻrinbosari M.Saidahmedov, nazorat qilish Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Ashurov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi NAJMIDDINOV ASADULLA IKRAMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati, Yangi Namangan tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-61-6-90-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.