SAMARQAND VILOYATI SAMARQAND TUMANI HOKIMINING
QARORI
Tumandagi maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʻlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandi, 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”ga asosan, Xalq deputatlari Samarqand tumani kengashining 2023-yil 19-sentabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Samarqand tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi VI-85-89-7-103-K/23-son Qaroriga muvofiq mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalarning nomlari yangilanganligi, mahalla fuqarolar yigʻinlari va koʻchalar yangi tashkil etilganligini hamda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining 2025-yil 27-fevraldagi 01-1656-sonli xatini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Samarqand tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati 1-54-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman hokimining oʻrinbosari (Gʻ.Boboxolov)ga, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (Sh.Abulxayrov)ga, tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi yuklansin.
3. Belgilansinki, tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalar rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
4. Respublika Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (A.Umarov)ga mahalla fuqarolar yigʻini raislariga maktab yoshidagi bolalarni umumtaʼlim muassasalariga jalb etish jarayonida tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2024-yil 25-iyundagi 215-7-103-Q/24 sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qaror rasmiy manbalarda eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Tuman hokimi S. X. USMANOV
Samarqand viloyati, Samarqand tumani,
2025-yil 12-iyun,
169-7-103-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.