ANDIJON VILOYATI SHAHRIXON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Tumandagi mavjud sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish toʻgʻrisida
Shahrixon tuman hokimining 2025-yil 1-fevraldagi 3-1-28-F/25-sonli farmoyishiga asosan tuzilgan Shahrixon tumani hududlaridagi qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritilgan yerlar, meliorativ holati yomonlashgan yerlar, qishloq xoʻjaligi foydalanishidan chiqib ketgan yerlar hamda yaroqsiz holatga kelib qolgan koʻp yillik daraxtzorlar egallagan yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlarda oʻtkazilgan monitoring natijalari boʻyicha tuman ishchi guruhi yigʻilishining 2025-yil 04-iyundagi 1-sonli yigʻilish bayoni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti toʻgʻrisida”gi PQ-422-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 22-sonli qarorining 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 6-moddasi talablariga muvofiq: qaror qilaman:
Tumanda “Andvilyerloyiha” boʻlinmasi tomonidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritilgan yerlar, meliorativ holati yomonlashgan yerlar, qishloq xoʻjaligi foydalanishidan chiqib ketgan yerlar hamda yaroqsiz holatga kelib qolgan koʻp yillik daraxtzorlar egallagan yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlarning monitoring natijalari boʻyicha tuman ishchi guruhining 2025-yil 04-iyundagi 1-sonli yigʻilish bayoni tasdiqlansin;
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlarning yer turlari va maydonlari hududlar kesimida hisoblash qaydnomasi 1-ilovaga;
Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni monitoringdan oʻtkazish ishlarining yerdan foydalanuvchilar kesimida hisoblash qaydnomasi 2-ilovaga;
Oxirgi bir yil davomida qishloq xoʻjaligi foydalanishiga qayta kiritilgan va yangidan oʻzlashtirilgan sugʻoriladigan yerlar toʻgʻrisida maʼlumot 3-ilovaga;
Qishloq xoʻjaligi foydalanishidan chiqib ketgan yerlar hamda ularning foydalanishdan chiqib ketish sabablari toʻgʻrisidagi, meliorativ holati ogʻir boʻlgan sugʻoriladigan yerlar toʻgʻrisida maʼlumot 4-ilovaga;
Hududdagi mavjud bogʻzorlar, tokzorlar, tutzorlar, boshqa koʻp yillik daraxtzorlar maydoni, holati va kelajakda samarali foydalanish boʻyicha takliflar 5-ilovaga;
Sugʻoriladigan ekin yerlarida barpo etilgan issiqxonalarning holati boʻyicha maʼlumot 6-ilovaga;
Rekultivatsiya qilinishi shart boʻlgan maydonlar toʻgʻrisida maʼlumot 7-ilovaga;
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlarda boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari toʻgʻrisida maʼlumot 8-ilovaga muvofiq maʼqullansin;
Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i (A.Djoʼrayev)ga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlarda xatlov natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda berilgan takliflar yuzasidan meliorativ holati yomonlashgan, qishloq xoʻjaligi foydalanishidan chiqib ketgan yerlar hamda yaroqsiz holatga kelib qolgan koʻp yillik daraxtzorlarda agrotexnik tadbirlar oʻtkazish va qayta foydalanishga kiritish choralarini koʻrib chiqsin.
Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali rahbari (T.Abdukarimov)ga, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (A.Djoʼrayev)ga Ilovalarga asosan tegishli hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlar, qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritilgan, meliorativ holati yomonlashgan, qishloq xoʻjaligi foydalanishidan chiqib ketgan yerlar hamda yaroqsiz holatga kelib qolgan koʻp yillik daraxtzorlar egallagan yer maydonlari toʻgʻrisidagi xatlov natijalarinining “Axborot bazasini yaratish boʻyicha” Qishloq xoʻjaligi vazirligining Geoportaliga kiritilishi boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshirsin.
Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i (A.Djoʼrayev) zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi X. V. DADAXONOV
Andijon viloyati, Shahrixon tumani,
2025-yil 12-iyun,
174-1-28-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.