03.06.2025 yildagi VII-13-75-7-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari miqdorini maʼqullash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4845-son va 2023-yil 15-avgustdagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-278-son qarorlari, 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 22/1-1937-sonli topshirigʻi, viloyat hokimi oʻrinbosari (A.Shukurov)ning 2025-yil 26-martdagi (170/01-30-sonli) bildirgisi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2025-yil 25-martdagi (01-01/22-183-sonli) xati, Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi Samarqand viloyati hududiy filialining 2024-yil 9-oktabrdagi (01-3/702-sonli) murojaati, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 24-oktabrdagi (01/05-38/2763-sonli) xulosasiga asoslanib, viloyatning shahar va tumanlari hududidagi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini takomillashtirish, hududlarning ekologik va sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, oʻn uchinchi sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari miqdori ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat hokimining oʻrinbosari (A.Shukurov) shahar va tumanlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida viloyat hokimining qaror loyihasini belgilangan tartibda ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi (B.Payshanov), viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi (S.Zayniyev), viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi (L.Rustamov) shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda aholining keng qatlamlari orasida fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yil 29-apreldagi “Hududlarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari miqdorini maʼqullash toʻgʻrisida”gi VI-98-34-7-0-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat televideniesi v.v.b (D.Ismatov), “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev)ga qaror ijrosi boʻyicha hududlarda amalga oshirilgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M.Poʻlatov)hamda viloyat hokimi oʻrinbosari (A.Shukurov) zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi SH. NEGMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 3-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-75-7-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.