29.05.2025 yildagi VII-8-42-8-118-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilning I-choragi davomida Uzun tuman mahalliy budjeti daromadlar rejasining belgilangan prognoz koʻrsatkichlaridan orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonunining 13-moddasiga muvofiq tuman budjetining joriy yil I-choragi davomida shakllangan qoʻshimcha mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonunining 13-moddasiga muvofiq, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish tartibi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.Tuman hokimligi, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda aloqador tashkilotlarning tuman budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish yuzasidan kiritgan takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.Tuman budjetining qoʻshimcha manbalari quyidagilardan tashkil topadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman budjetining har yil boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablagʻlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman budjeti daromadlarining birinchi, ikkinchi va uchinchi hisobot choraklari yakuni boʻyicha aniqlanadigan daromadlarni prognozdan oshirib bajarilishidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy budjetiga yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan ajratilgan mablagʻlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 120-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq tuman budjetidan ajratiladigan mablagʻlar kamaytirilishi natijasida boʻshab qolgan mablagʻlardan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uzun tuman mahalliy budjetiga joriy yilning I-choragida 26 442.9 ming soʻm yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan mablagʻ tushganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin hamda ushbu mablagʻ hisobidan quyidagi yoʻnalishga yoʻnaltirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimligida foydalanilgan internet tarmogʻi xizmati xarajatlari uchun 26 442,9 mln soʻm mablagʻ tuman hokimligiga yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy budjetining I-chorak daromadlar rejasining belgilangan prognoz koʻrsatkichlaridan orttirib bajarilgan qismi jami 233 320,3 ming soʻmni tashkil yetganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin hamda ushbu mablagʻlar hisobidan quyidagi yoʻnalishlarga, jumladan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli qaroriga asosan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga (qoʻshimcha manbaning 30 foizi miqdorida) mablagʻ yoʻnaltirish maqsadida 70,0 mln soʻm tuman hokimligiga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimligida foydalanilgan internet tarmogʻi xizmati xarajatlari uchun 3 557,1 mln soʻm mablagʻ tuman hokimligiga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish xarajatlari uchun 37,085 mln soʻm mablagʻ tuman hokimligiga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-dekabr kuni mamlakatimiz Yoshlari bilan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Yoshlar forumi yuzasidan tasdiqlangan 100-sonli bayonining 18-bandi topshirigʻiga asosan Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti va uning filiallariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tavsiyasiga asosan qabul qilingan talabalarning toʻlov kontraktdan qarzdorligini qoplash uchun 7,678 mln soʻm tuman hokimligiga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-102-son Farmonining 7-bandiga asosan turizm salohiyatini keng targʻib qilish hamda viloyatimizga xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida 20.0 mln soʻm tuman hokimligiga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-427-sonli qarori ijrosi yuzasidan Termiz shahar va tumanlar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan jamgʻarmaga mablagʻ ajratilish maqsadida 20.0 mln soʻm tuman hokimligiga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimligining isteʼmol qilingan tabiiy gazdan vujudga kelgan qarzdorligini qoplash uchun 5.0 mln soʻm tuman hokimligiga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimligining xizmat avtomashinalarini yoqilgʻisi uchun 20.0 mln soʻm tuman hokimligiga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimligining xizmat avtomashinalarini taʼmirlash xarajatlari uchun 50.0 mln soʻm tuman hokimligiga yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahalliy budjetning qoʻshimcha shakllangan mablagʻlari favqulodda vaziyatlarda va shunga oʻxshash kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi talab etiladigan hollarda Kengashga keyin hisobot berish sharti bilan tuman hokimining qarori asosida yoʻnaltirilishi mumkinligi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Joriy yilning I-choragi davomida Uzun tuman mahalliy budjeti daromadlar rejasining belgilangan prognoz koʻrsatkichlaridan orttirib bajarilgan qismi hisobidan yoʻnaltirilgan mablagʻlar toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga chorak yakuni bilan tuman hokimi tomonidan hisobot berib borilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman budjetining qoʻshimcha manbalaridan mablagʻ oluvchilarning rahbarlari ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek ushbu mablagʻlarni ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga shaxsan javobgar ekanligi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajar ilishini nazorat qilish xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Kamolov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi BOZOROV XABIBULLA SHERDONAQULOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Uzun tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-8-42-8-118-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.