28.05.2025 yildagi 131-5-0-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI NAVOIY VILOYATI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat bozorlari va savdo komplekslarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatlarining miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-sonli qaroriga muvofiq, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-apreldagi 01-12/20-04-38/803-sonli, viloyat soliq boshqarmasining 2025-yil 15-apreldagi 32-22752-sonli xatlari hamda viloyat hokimi birinchi oʻrinbosarining 2025-yil 12-martdagi 115/16-26-sonli bildirgisiga asoslanib, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy shahridagi “Navoiy savdo kompleksi” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 4 qavatli savdo kompleksida undirib olinadigan ijara toʻlovi miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari hududidagi umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar roʻyxati va qiymati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat soliq boshqarmasi (S. Nazarov), tuman (shahar) hokimlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatilgan xizmatlar qiymatini belgilangan tartibda toʻliq undirilishini;ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq tasdiqlangan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatilgan xizmatlar qiymati miqdorlarini viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslari, sotuvchi va xaridorlar eʼtiboriga yetkazilishini, bu haqdagi maʼlumotlarni barcha bozorlar va savdo komplekslarida koʻrinarli joylarga joylashtirilishini hamda amalda tatbiq etilishi ustidan nazorat oʻrnatilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarning yangi miqdorlarini toʻgʻri qoʻllanilishi hamda toʻliq undirilishi va bozorlar daromadlarining belgilangan qismini mahalliy budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat hokimining 2019-yil 8-fevraldagi “Viloyat bozorlari va savdo komplekslarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatlarining miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi Q-24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat hokimligi axborot xizmati (Sh. Raubayeva) mazkur qarorni “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы” gazetalarida rasmiy eʼlon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror 2025-yil 1-iyundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari R. Sulaymonov, viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi S. Nazarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimi N. TURSUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131-5-0-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.