27.05.2025 yildagi VII-9-89-2-40-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ROMITAN TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Romitan tuman iqtisodiyot va moliya boʼlimining 2025 yil 07 fevraldagi 1-6-242/20-12-32/27-sonli Romitan tumani mahalliy budjetining 2024-yil yillik ijrosi, mahalliy budjetining parametrlariga 2024-yil yillik daromad va xarajatlarga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27 — 126 va 148-moddalariga asosan Romitan tuman mahalliy budjetining 2024-yil yillik daromadlari 95 mlrd 147 mln.soʻmni tashkil etdi, mahalliy budjetdan 256 mlrd 519 mln. soʻm miqdorida xarajatlar amalga oshirildi, shundan 174 mlrd 528 mln. soʻmi yoki 68 foizi ijtimoiy xarajatlarga yoʻnaltirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Romitan tuman mahalliy budjetining parametrlariga 2024-yil yillikda daromad va xarajatlarga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi hisobotlari axborot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, respublika budjetidan maqsadli tadbirlarga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar hamda viloyat mahalliy budjeti parametrlari doirasida kiritilgan oʻzgartirishlar hisobiga belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida moliyalashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27 — 126 va 148-moddalariga asosan tuman mahalliy budjetining 2024-yil yillik ijrosi budjet parametrlariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi hisobotini hamda mahalliy budjetning erkin qoldiq mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflarini muhokama qilib, xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Romitan tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025 yil 07 fevraldagi 1-6-242/20-12-32/27-sonli Romitan tuman mahalliy budjetining 2024-yil yillik budjet ijrosi hamda budjet parametrlariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Romitan tumani mahalliy budjetining 2024-yil daromadlari ijrosi boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Romitan tumani mahalliy budjetining 2024-yil xarajatlari ijrosi boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Romitan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Sh.Pulotov), tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi talablari asosida tuman mahalliy budjetining tasdiqlangan parametrlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan maqsadli mablagʻlarni oʻz vaqtida va samarali ishlatilishi yuzasidan moliyaviy hisobotlar asosida tizimli oʻrganish hamda oʻrganish natijalariga koʻra, ishlatilmagan va iqtisod qilingan mablagʻlarni tuman mahalliy budjetiga qaytarish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Romitan tuman hokimligi Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (M.Amonov) hamda Romitan tuman soliq inspeksiyasi (B.Gʻaybullayev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimligi bilan birgalikda daromadlar prognoz reja koʻrsatkichlarini soʻzsiz ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda, prognoz rejalarini har bir soliq turi kesimida toʻliq bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet daromadlari bazasini kengaytirish hamda mahalliy budjetga qoʻshimcha soliq tushirish manbalarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buxoro viloyat adliya boshqarmasining 2025-yil 13-mart 20-07/100/1-son Taqdimnomasini inobatga olib, xalq deputatlari Romitan tuman Kengashining 2025 yil 13 fevral VII-6-32-2-40-K/25-sonli Romitan tumani mahalliy budjetining 2024-yil yillik ijrosi, mahalliy budjetining parametrlariga 2024-yil yillik daromad va xarajatlarga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidadagi qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi N.Raxmatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi SALOMOV FUZULI JAMOLOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Romitan tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 27-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-9-89-2-40-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.