XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Namangan viloyatining viloyat budjeti daromadlarining 2025-yil birinchi hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga asosan, viloyat hokimining Namangan viloyatining viloyat budjeti daromadlarining 2025-yil birinchi hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib, Хalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 126-moddasiga asosan, viloyat hokimligining Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashiga taqdim etgan taklifiga muvofiq, Namangan viloyatining viloyat budjeti daromadlarining 2025-yil birinchi hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan ilovaga muvofiq 21 176 633,0 (yigirma bir milliard bir yuz yetmish olti million olti yuz oʻttiz uch) ming soʻm mablagʻlar yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Xarajatlarni amalga oshirishga masʼul tashkilotlar rahbarlariga:
ajratilgan mablagʻlar doirasida belgilangan tartibda toʻlovlarni amalga oshirish;
moliyalashtirish manbasini ochish uchun oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlarni viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda viloyat gʻaznachilik xizmati boshqarmasiga taqdim etish;
ajratilgan maqsadli mablagʻlarni oʻz vaqtida va samarali sarflanishi yuzasidan moliyaviy hisobotlar asosida tizimli oʻrganish hamda oʻrganish natijalariga koʻra, ishlatilmagan va iqtisod qilingan mablagʻlarni viloyat mahalliy budjetiga qaytarish choralarini koʻrishni taʼminlansin.
3. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (M.Abdullayev)ga budjet xarajatlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda viloyat gʻaznachilik xizmati boshqarmasi (A.Toʻrayev)ga toʻlovlarni oʻrnatilgan tartibda va oʻz vaqtida amalga oshirish hamda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi viloyat boshqarmasi (B.Xodjiyev)ga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish vazifalari topshirilsin.
4. Mazkur qaror ijrosining nazorati qilish Хalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi I.Ikramov, ijrosini taʼminlash viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Z.Baxriddinov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi MUMINOV SOLIJON DJALILOVICH
Namangan viloyati,
2025-yil 23-may,
VII-10-75-6-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.