XORAZM VILOYATI URGANCH SHAHAR HOKIMINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatining 2025-yil uchun eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 277-sonli qarorining ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-fevraldagi “Respublika va mahallik ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-49-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatining 2025-yil uchun eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 277-sonli qarori, viloyat hokimining 2025-yil 12-maydagi 226-12-0-Q/25-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatining 2025-yil uchun eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 277-sonli qarori, viloyat hokimining 2025-yil 12-maydagi 226-12-0-Q/25-sonli qarorining rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Shahar oila va xotin-qizlar boʻlimi faoliyatining 2025-yil uchun eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) hamda ularga erishish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Shahar hokimi oʻrinbosari ‒ oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi I.Musayeva eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ga erishish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorakda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “samaradorlik.uz” elektron platformasiga kiritib borsin;
4. Shahar hokimi oʻrinbosari ‒ oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi I.Musayeva: mazkur qaror bilan belgilangan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlaridan (KPI) kelib chiqib, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlatsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini shahar hokimi oʻrinbosari ‒ oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi I.Musayeva zimmasiga yuklansin.
Urganch shahar hokimi B. RADJAPOV
Xorazm viloyati, Urganch sh.,
2025-yil 22-may,
190-12-180-Q/25-son