FARGʻONA VILOYATI OLTIARIQ TUMANI HOKIMINING
QARORI
Tumanni umumfoydalanuvda boʻlgan avtomobil yoʻllariga yoʻl harakati qoidalarining 3.4 yoʻl belgisini oʻrnatish toʻgʻrisida
Tumanni umumfoydalanuvdagi mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan 40VI70 “D094a avtomobil yo'li (3 km.dan) - Azimobod qishlogʻi avtomobil yoʻlining 0-7 km oralig'ida joylashgan yoʻllarda ogʻir yuklarni avtomobillar yuk bilan xarakatlanishi natijasida avtomobil yoʻlining asfaltobeton qoplamasini buzilishlari, oʻnqir choʻnqirlar va choʻkishlarni hosil oqibatida, ushbu avtomobil yoʻlidan foydalanayotgan avtotransport vositalarini, mahalliy aholini xavfsiz xarakatlanishiga toʻsqinliklar keltirib chiqarmoqda shuningdek, Davlat budjettiga katta miqdorda moddiy zarar yetkazilishini oldini olish va yoʻl harakati qoidalari buzilishi profilaktikasi, yoʻllarni saqlash va ularni yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlarini oʻrnatish, ushbu orqali yoʻl harakatini tartibga solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi qonunning 6 — 8-moddalariga asosan, qaror qilaman:
1. Tuman Ishchi guruh tomonidan tuzilgan dalolatnoma hamda loyiha sxemasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tumanni umumfoydalanuvdagi mahaltiy ahamiyatga ega boʻlgan 40VI70 “D094a avtomobil yoʻli (3 km.dan) - Azimobod qishlogʼi avtomobil yoʻlining 0-7 km oralig'ida joylashgan avtomobil yoʻlining asfaltobeton qoplamasini buzilishlarini oldini olish , avtotransport vositalarini, mahalliy aholini xavfsiz xarakatlanishiga toʻsqinliklar keltirib chiqarishiga yoʼl qoʼymaslik va Davlat budjettiga katta miqdorda moddiy zarar yetkazilishini oldini olish maqsadida 20 tonnadan ortiq boʻlgan ogʻir yuk tashuvchi avtomobillani xarakatini cheklash maqsadiga avtomobil yoʻlning 0 kmdan 7 kmgacha “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taʼqiqlangan” 3.4. ta'qiqlovchi yo'l belgilsi oʻrnatilsin.
3. Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi rahbari Oʻ.Yoʻldashev, Oltiariq tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi direktori N.Yuldashev, tuman Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi F.Abdulatipovlarga vakolatlari doirasida kelishuv asosida yoʻl belgilarini meʼyoriy hujjatlarda koʻrsatilgan koʻrinishda balandlikda oʻrnatilishini taʼminlash; Yoʻllarni saqlash va ularni yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa vositalari bilan jihozlash boʻyicha oʻrnatilgan talablarga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash vazifasi topshirilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M.Pirmatov zimmasiga yuklatilsin.
Oltiariq tumani hokimi SH. TURDALIYEV
Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani,
2025-yil 21-may,
177-11-151-Q/25-son