FARGʻONA VILOYATI OLTIARIQ TUMANI HOKIMINING
QARORI
Oltiariq tuman markaziy hududidan kesib oʻtuvchi umumfoydalanuvda boʻlgan avtomobil yoʻllariga yoʻl harakati qoidalarining 3.28 yoʻl belgisini oʻrnatish toʻgʻrisida
Tumanni markaziy qatnov qismi boʻlgan yoʻllarda, ayniqsa, tumanning Ibn Sino MFY hududidagi avtomobil yoʻllarining D093 “Margʻilon shaxri – Rishton shaxri – Oʻqchi qishlogʻi – Karimdevona qishlogʻi – Tojikiston Respublikasi chegarasi” avtomobil yoʻlining 20.3-20.4 kilometr oraligʻiga yoʻl harakati yoʻl-transport hodisalarining sodir etilishi va tirbandlikning hosil boʻlishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish asosida yoʻl harakati qoidalari buzilishi profilaktikasi, yoʻl-transport hodisalari va yoʻllar bandligining oldini olish, yoʻllarni saqlash va ularni yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlarini oʻrnatish, ushbu orqali yoʻl harakatini tartibga solish hamda bu borada Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi qonunning 6 — 8-moddalariga asosan, qaror qilaman:
1. Tuman Ishchi guruh tomonidan tuzilgan dalolatnoma hamda loyiha sxemasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman yoʻnalishida boʻlgan avtomobil yoʻllarining D093 “Margʻilon shaxri – Rishton shaxri – Oʻqchi qishlogʻi. – Karimdevona qishlogʻi – Tojikiston Respublikasi chegarasi” avtomobil yoʻlining Ibn Sino MFY 20.3-20.4 kilometr oraligʻiga yoʻl harakati qoidalarining 1-ilovasi 3.28-bandida “Transport toʻxtab turishi taʼqiqlanadi” - deb belgilangan taʼqiqlovchi yoʻl belgilari va yoʻl harakati qoidalarining 7.2.2-bandida koʻrsatilgan “qoʻshimcha axborot ishora” yoʻl belgisi bilan qoʻshib oʻrnatilsin (3.28 belgilarining amal qilish oraligʻi oxiriga 3.28 belgilari 7.2.3 qoʻshimcha axborot belgisi bilan birga takror oʻrnatiladi yoki 7.2.2 qoʻshimcha axborot belgisi bilan qoʻllaniladi).
3. Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi rahbari Oʻ.Yoʻldashev, Oltiariq tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi direktori N.Yuldashev, tuman Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi F.Abdulatipovlarga vakolatlari doirasida kelishuv asosida yoʻl belgilarini meʼyoriy hujjatlarda koʻrsatilgan koʻrinishda balandlikda oʻrnatilishini taʼminlash;
Yoʻllarni saqlash va ularni yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa vositalari bilan jihozlash boʻyicha oʻrnatilgan talablarga soʻzs
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrtinbosari M.Pirmatov zimmasiga yuklatilsin.
Oltiariq tumani hokimi SH. TURDALIYEV
Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani,
2025-yil 21-may,
178-11-151-Q/25-son