XALQ DEPUTATLARI BUXORO SHAHAR KENGASHINING
QARORI
Buxoro shahar mahalliy budjetining 2025-yil 1-chorak ijrosi, hamda daromad va xarajatlarga tegishli tartibda kiritilgan oʼzgartirishlar toʻgrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27-28 va 126-147-148-moddalariga asosan Buxoro shahar mahalliy budjetining 2025-yil 1-chorak daromadlari 63,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi, mahalliy budjetdan 59,6 mlrd. soʻm miqdorida xarajatlar amalga oshirildi, shundan 29,04 mlrd. soʻmi yoki 49,1 foizi ijtimoiy xarajatlarga yoʻnaltirildi. Buxoro shahar mahalliy budjetining parametrlariga 2025-yil 1chorakda daromad va xarajatlarga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi hisobotlari axborot uchun qabul qilinsin.
Bundan tashqari, respublika budjetidan maqsadli tadbirlarga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar hamda viloyat mahalliy budjeti parametrlari doirasida kiritilgan oʻzgartirishlar hisobiga belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida moliyalashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27-28 va 126-147-148-moddalariga asosan shahar mahalliy budjetining 2025-yil 1-chorak ijrosi hamda daromad va xarajatlarga tegishli tartibda kiritilgan oʼzgartirishlar toʼgʼrisidagi hisobotlari muhokama qilib, Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Buxoro shahar hokimligi Iqtisodiyot va moliya boʻlimining Buxoro shahar mahalliy budjetining 2025-yil yil 1-chorak budjet ijrosi hamda daromad va xarajatlarga tegishli tartibda kiritilgan oʼzgartirishlar toʻgʻrisidagi hisoboti 1-2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Buxoro shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (X.Yaxyoyev), shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi bilan birgalikda:
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi talablari asosida shahar mahalliy budjetining tasdiqlangan parametrlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlarni kiritish choralarini koʻrsin.
3. Buxoro shahar hokimligi Iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi (A.Gafurov)ga:
shahar hokimligi bilan birgalikda daromadlar prognoz reja koʻrsatkichlarini soʻzsiz ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish. Bunda, prognoz rejani har bir soliq turi kesimida toʻliq bajarilishini taʼminlash;
budjet daromadlari bazasini kengaytirish hamda mahalliy budjetga qoʻshimcha soliq tushirish manbalarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (B.Ma`murov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi Q. TURSUNOV
Buxoro viloyati, Buxoro sh.,
2025-yil 17-may,
VII-8-53-2-42-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.