Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
«Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 27-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi QL-71-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 25-martda kiritilgan «Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2024-yil 27-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi QL-71-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-aprel,
745-V-son