XALQ DEPUTATLARI PISKENT TUMANI KENGASHINING
QARORI
Piskent tumanida 2025-yilning sugʻorish (vegitatsiya) davri uchun ajratilgan suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takommillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarori ijrosi yuzasidan “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi tomonidan tumanda mavjud qishloq xoʻjaligi korxonalariga vegitatsiya davrida kerakli miqdorda suv bilan taʼminlash maqsadida belgilangan tartibda suv berish limitlari oʻrganib chiqilgan.
Tumanda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv — tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish asosiy maqsad qilib olingan.
Tumanda 2025-yil sugʻorish (vegitatsiya) davrida istimolchilar 3957 tani tashkil etib, jami maydon 21397 gektar boʻlib, shundan, suv olish limiti 135.2 mln metr kubni tashkil etadi.
Piskent tumanida 2025-yilning sugʻorish (vegitatsiya) davri uchun ajratilgan suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi boshliq oʻrinbosari R. Xoʻjamqulovning axborotini eshitib, Xalq deputatlari tuman Kengashi, qaror qiladi:
1. Piskent tumanida 2025-yilning sugʻorish (vegitatsiya) davri uchun ajratilgan suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi boshliq oʻrinbosari R. Xoʻjamqulovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Piskent tumanida 2025-yilning sugʻorish (vegitatsiya) davri uchun ajratilgan suv olish limitlari 135.2 mln metr kub (bir yuz oʻttiz besh million ikki yuz metr kub) xajmida tasdiqlansin.
3. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi (O. Ubaydullayevga)ga:
tumanda belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga oʻz vaqtida suv yetkazib berish choralarini koʻrish;
xududga berkitilgan muroblar, oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
tumanda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini oʻz vaqtida koʻrsatish borish vazifasi yuklatilsin;
tuman suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlarini ushbu soxada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib borishi belgilab qoʻyilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashning “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (B. Abralov) hamda tuman hokimining oʻrinbosari S. Tulepov zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi M. ARIPOV
Piskent tumani,
2025-yil 28-aprel,
VII-9-42-10-142-K/25-son