XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-5-son qarorining ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-5-son qarorining ijrosini taʼminlash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv — tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni tashkillashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilanganligi boʻyicha tartibga koʻra taqdim etilgan maʼlumotlarni xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan bildirilgan takliflarni eʼtiborga olib, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Bandixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan joriy yil vegetatsiya davri uchun tuman chegarasidan olinadigan suv olish limitlarini, kanallardagi suv yoʻqotishlarni inobatga olib 27 foizga kamytirgan holatda isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari hududlar kesimida 1-, 2-, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Bandixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (U. Allanazarov)ga:
tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta Xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borish:
2024-yil vegetatsiya davri uchun tuman chegarasidan olingan suv limitlari toʻgʻrisida navbatdagi sessiyaga hisobot berish vazifalari yuklansin.
5. Tumandagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi suv isʼtemolchilariga isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Kengashning Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Sessiya raisi B. YOʻLDOSHEV
Bandixon tumani,
2025-yil 25-aprel,
VII-07-51-8-211-K/25-son