| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
| I. Turizm infratuzilmasini tashkil qilish |
| 1. | Qadimiy Xorazmning boy tarixi va madaniyatini inobatga olgan holda, Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarida joylashgan qadimiy qalʼalar boʻylab yangi turizm marshrutlarini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan “CASTLE TOUR” loyihasini ishlab chiqish hamda uning amalga oshirilishini taʼminlash. Loyihadagi marshrutlarga kirgan hududlarda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash va yangi bekatlarni tashkil qilish. | 1. Yangi turizm marshrutlariga kiritiladigan qadimiy qalʼalar roʻyxatini shakllantirish. 2. Yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2022-yil oktabr | - | Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Transport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
| 2. | Turizm obyektlariga olib boruvchi yoʻllarni xatlovdan oʻtkazish, keyingi yillarda taʼmirlanadigan yoʻllar roʻyxatini davlat dasturiga kiritib borish. | 1. Turistik obyektlarga olib boruvchi yoʻllarning manzilli roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida tarmoq jadvalini ishlab chiqish va kelishish. 3. Belgilangan muddatlarda davlat dasturlariga takliflar kiritib borish. | Doimiy ravishda | Mahalliy budjet mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi |
| 3. | Boʻsh turgan yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazgan holda salohiyatli hududlardan mehmonxona va xostellar qurish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini “E-AUKSION” kim oshdi savdolariga qoʻyish. | 1. Ishchi guruh shakllantirish. 2. Yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazib topotasvirlarni tayyorlash 3. E-AUKSION” kim oshdi savdolari orqali realizatsiya qilish choralarini koʻrish. qoʻyish. | Tasdiqlangan reja-grafik asosida har chorakda | Tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari | Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
| 4. | Kommunikatsiya tarmoqlariga ulanmagan yoki taʼmirtalab holatdagi turizm obyektlarini xatlovdan oʻtkazish, ularni keyingi yillarda kommunikatsiya tarmoqlari taʼmirlanadigan hududlar roʻyxatiga kiritish. | 1. Kommunikatsiya tarmoqlariga ulanmagan yoki taʼmirtalab holatdagi turizm obyektlarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida tarmoq jadvalini ishlab chiqish va kelishish. 3. Belgilangan muddatlarda davlat dasturlariga takliflar kiritib borish. | Doimiy ravishda | - | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ |
| 5. | Xiva shahridagi “Yangi turmush” MFYda tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini koʻpaytirish. | 1. “Yangi turmush” MFYda 10 km ichki yoʻllarni taʼmirlash hamda 6 km piyodalar yoʻlakchalarini tashkil etish. 2. 1,5 km ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash uchun 2 ta transformator oʻrnatish va 6 km kabel liniyasini oʻtkazish. 3. 10 km koʻcha chiroqlarini oʻrnatish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshi?ish. | 2023-2024-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi |
| 6. | Xiva shahridagi “Ichon-qalʼa” MFYda tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini koʻpaytirish. | 1. “Ichon-qalʼa” MFYda 7,5 km koʻcha chiroqlarini oʻrnatish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish. 2. “Ichon-qalʼa” MFY hududida obodonlashtirish ishlarini doimiy yoʻlga qoʻyish. | 2023-2024-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi |
| 7. | Xiva tumanidagi “Gʻovuq” MFYda turizm infratuzilmasini yaxshilash orqali turizm sohasida 85 ta yangi ish oʻrnini tashkil etish. | 1. “Gʻovuq” MFYda 5 km kabel liniyasini oʻtkazish hamda 312 ta simyogʻoch va tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish. 2. 1,2 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmogʻini oʻtkazish hamda 6 km uzunlikdagi yoʻlga asfalt yotqizish ishlarini amalga oshirish. 3. Gʻovuq kanalining 2,5 km uzunlikdagi qismini betonlashtirish, 3 ta koʻprikni taʼmirlash hamda 2 ta transformator kichik stansiyasini (TP) yangidan oʻrnatish. 4. 10 km optik tolali internet tarmogʻini oʻtkazish. | 2023-2024-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi |
| 8. | Xiva shahridagi “Qumyaska” MFYda tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini koʻpaytirish. | 1. “Qumyaska” MFYdagi 11 km ichki yoʻllarni taʼmirlash, 6 km piyodalar yoʻlakchalarini tashkil etish. 2. 1 km ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash uchun 2 ta transformator oʻrnatish va 5 km kabel liniyasini oʻtkazish. 3. 12 km koʻcha chiroqlarini oʻrnatish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish. | 2023-2024-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi |
| 9. | Shovot tumanidagi “Beshmergan” MFYda “Turizm mahallasi” (qishlogʻi)ni tashkil qilish. | 1. Mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, shu jumladan, ichki yoʻllarni taʼmirlash, tungi yoritish ustunlarini oʻrnatish, ichimlik suvi bilan taʼminlash. 2. Turizm mahallasiga olib boruvchi kamida 2 ta katta hajmdagi yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish. 3. Tashrif buyuruvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmonining 10-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarni inobatga olgan holda Wi-Fi hududlarni tashkil etish choralarini koʻrish. 4. Turizm mahallasida turoperatorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 5. Zaruratga koʻra, bankomatlar oʻrnatish va tadbirkorlik subyektlarining talabiga muvofiq terminallar bilan taʼminlash. 6. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil qilish. 7. 20 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish. 8. Milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosini tashkil qilish. 9. Milliy urf-odatlar, kelin salom, lachak toʻy va boshqa anʼanalar bilan tanishtirishni yoʻlga qoʻyish. 10. Turizm qishlogʻi boʻyicha doimiy ravishda targʻibot ishlarini olib borish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, tadbirkorlik subyektlari |
| 10. | Shovot tumanidagi “Yusuf Hamadoniy” majmuasida ziyoratchilar uchun sharoitlar yaratish, shu jumladan, hunarmandlar doʻkonlari, savdo, umumiy ovqatlanish tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalarni yaratish. | 1. Hududda ziyoratchilar uchun sharoit yaratish maqsadida xatlov oʻtkazish. 2. Xatlov natijasiga koʻra, “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash. 3. Hududda sayyohlar uchun zarur sharoitlarni yaratish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi |
| 11. | Yangiariq tumanidagi “Shayx Muxtor Valiy” madrasasida infratuzilmani rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan ziyorat uchun zarur sharoitlar yaratish, majmuani obodonlashtirish, savdo burchaklari va ovqatlanish punktlarini tashkil qilish. | 1. Sayyohlar uchun sharoit yaratish maqsadida hudud salohiyatini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijasiga koʻra, “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash. 3. Hududda sayyohlar uchun zarur sharoitlarni yaratish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi |
| 12. | Yangiariq tumani markazidan “Shayx Muxtor Valiy” ziyoratgohi hamda “Nemis mennonitlari” obyekti joylashgan hududga olib boruvchi yoʻlning 8 km uzunlikdagi ichki yoʻllarini taʼmirlash va obodonlashtirish. | 1. Yangiariq tumani markazidan “Shayx Muxtor Valiy” ziyoratgohi hamda “Nemis mennonitlari” obyekti joylashgan hududga olib boruvchi yoʻlning 8 km uzunlikdagi ichki yoʻllarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. 2. Yoʻl boʻylarida turistik yoʻl belgilarini oʻrnatish. 3. “Shayx Muxtor Valiy” ziyoratgohi hududida zamonaviy tipdagi sanitariya-gigiyena shoxobchalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi |
| 13. | Bogʻot tumanidagi “Qalajiq qalʼa” MFYda tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish. | 1. Qalʼajiq koʻliga olib boruvchi 4k 953A avtomobil yoʻli 0 — 9 kilometr qismining 3,2 km uzunlikdagi qismini 2,8 mlrd soʻmga joriy taʼmirlash hamda 1 ta koʻprikni joriy taʼmirlash. 2. “Qalajiq qalʼa” mahallasida 25 ta zamonaviy yoʻl belgilarini hamda har ikki kilometrda zamonaviy bekatlar oʻrnatish. 3. Yoʻlning ikki tomoniga piyodalar uchun svetoforlar oʻrnatish hamda yoʻlning bir tomoniga piyodalar yoʻlagi qurish. 4. 1 ta 160 kilovattlik transformator, xl-0,4 kilovattlik 1 km elektr liniyasini qurish, 400 kilovattlik dizel elektr stansiyasi, 200 ta tungi yoritgich chiroqlarini ustunlari bilan oʻrnatish. 5. 5 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmogʻini qurish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi |
| 14. | Hazorasp tumanidagi “Sulaymon qalʼa” turistik obyektiga olib boruvchi yoʻlning 3 kilometr uzunlikdagi ichki yoʻllarini taʼmirlash. | 1. Tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mazkur obyektlarga olib boruvchi yoʻllar holatini oʻrganish. 2. Yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Mazkur yoʻllarni taʼmirlash va foydalanishga topshirish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 15. | Yangibozor tumanidagi “Choʻbolonchi” qishlogʻida joylashgan “Milliy tabiat bogʻi”ga olib boruvchi 3 kilometr uzunlikdagi ichki yoʻllarni taʼmirlash. | 1. Tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mazkur obyektlarga olib boruvchi yoʻllar holatini oʻrganish. 2. Yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Mazkur yoʻllarni taʼmirlash va foydalanishga topshirish. | 2023 — 2026-yillar davomida | | Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi |
| 16. | Xorazm viloyatidagi barcha turistik manzillarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini xatlovdan oʻtkazib aniqlangan kamchiliklarni muntazam bartaraf qilib borish. | 1. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini xatlovdan oʻtkazish boʻyicha viloyat ishchi guruhlari tarkibini tasdiqlash. 2. Har chorakda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini xatlovdan oʻtkazib borish. 3. Xatlov natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha Respublika ishchi guruhiga takliflar kiritish. | 2023 — 2026-yillar davomida | - | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati |
| 17. | Shovot tumanidagi “Katqalʼa” qalʼasi atrofida piyoda marshrutlarni tashkil qilish, ochiq drenaj tizimlari holatini yaxshilash, obodonlashtirish hamda savdo burchaklari va ovqatlanish punktlarini tashkil qilish. | 1. Sayyohlar uchun sharoit yaratish maqsadida hudud salohiyatini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijasiga koʻra, “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash. 3. Hududda sayyohlar uchun zarur sharoitlarni yaratish. | 2023 — 2026-yillar davomida | - | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
| II. Turizm sohasida yangi xizmat turlarini kengaytirish va xizmat sifatini yaxshilash |
| 18. | Xorazm viloyatidagi mavjud tabiiy va sunʼiy koʻllarni qamrab olgan “Khorezm ecoring” ekoturizm halqasini tashkil qilish. | 1. Viloyatdagi mavjud tabiiy va sunʼiy koʻllarni xatlovdan oʻtkazib, manzilli roʻyxatini shakllantirish. 2. “Khorezm ecoring” ekoturizm halqasi konsepsiyasini ishlab chiqish. 3. “Khorezm ecoring” ekoturizm halqasiga kiradigan koʻllarni yangi turistik marshrutlar tarkibiga kiritish. | 2022-yil dekabr | - | Turizm va madaniy meros vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 19. | Xorazm viloyatida agroturizm yoʻnalishini rivojlantirish maqsadida uzumchilik, anor yetishtirish, olma yetishtirish yoʻnalishlarini inobatga olib, viloyatning salohiyatli hududlarida vinochilik degustatsiya markazlarini tashkil qilish. | 1. Viloyatning salohiyatli hududlarini aniqlash. 2. Mazkur hududlarda tashkil qilinadigan degustatsiya markazlarining manzilli roʻyxatini shakllantirish. 3. Belgilangan muddatlarda degustatsiya markazlarini ishga tushirish. | 2022-2023-yillarda | Ijrochilar mablagʻlari va mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm va madaniy meros vazirligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 20. | Xiva shahrida joylashgan “Ollaqulixon Karvonsaroyi”da quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi hunarmandchilik markazini tashkil qilish: har xil turdagi sopol, keramika buyumlari va hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayoni yuzasidan mahorat saboqlari oʻtkazish va ularni sotish savdo nuqtalarini; viloyatning barcha namunadagi gilamlar va Xorazm choʻgirmasi milliy bosh kiyimini tayyorlash jarayoni yuzasidan mahorat saboqlari tashkil etish boʻyicha shou-rumlar (showroom) yaratish va ularni sotish savdo nuqtalarini; quruq va turli mevalar, ziravorlar va koʻplab poliz ekinlarini sotish uchun qadimiy koʻrinishdagi “Sharq bozori”ni. | 1. Hunarmandchilik markazining konsepsiyasini ishlab chiqish. 2. Ishlab chiqilgan konsepsiyasini tegishli vazirlik va idoralar bilan oʻzaro kelishish va tasdiqlash. 3. Tasdiqlangan konsepsiyaga asosan hunarmandchilik markazini tashkil qilish. | 2022-2023-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Hunarmand uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 21. | Madaniy meros obyektlari hududida sayyohlarga namoyish qilish uchun qoʻl mehnati asosida Xiva gilamlarini tayyorlash boʻyicha kasanachilik ustaxonalarini tashkil qilish. | 1. Turistlar koʻp tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlarini aniqlash. 2. Aniqlangan obyektlarda Xiva gilamlari tayyorlash boʻyicha kasanachilik ustaxonalarini tashkil qilish. | 2022 — 2024-yillar davomida | Tashabbuskorlar mablagʻlari, tijorat banklari kredit mablagʻlari | “Hunarmand” uyushmasi, Madaniy meros agentligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 22. | Xiva shahrida “Gʻovuq-koʻl” koʻli boʻyida turistik majmua tashkil qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish. | 1. Turistik majmua tashkil qilish bilan bogʻliq boʻlgan dastlabki huquqiy hujjatlarni tayyorlash. 2. Turistik majmuada muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi, koʻl boʻyini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish, akvapark, koʻngilochar bogʻ, mehmonxona, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, savdo maydonchasi va boshqalarni tashkil qilish, zamonaviy attraksionlar va koʻngilochar obyektlar oʻrnatish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-2024-yillar davomida | - | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
| 23. | Xiva tumanidagi “Bibi Xojar” maqbarasida ziyoratchilar uchun sharoit yaratish (maqbara hududini obodonlashtirish, unda savdo va ovqatlanish punktlarini yaratish). | 1. Ziyoratchilar uchun sharoit yaratish maqsadida hududning salohiyatini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijasiga koʻra, “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash. | 2023-2024-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi |
| 24. | Yangibozor tumanidagi tabiat yodgorliklarining sayyohlarga namoyishini tashkil qilish imkoniyatlarini oʻrganish. | 1. Sayyohlar uchun sharoit yaratish maqsadida hududning salohiyatini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijasiga koʻra, “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash. | 2023-2024-yillar davomida | - | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi |
| 24. | Hazorasp tumanidagi “Hazorasp qalʼa”si negizida turistik majmua tashkil qilish ishlarini amalga oshirish. | 1. Sayyohlar uchun sharoit yaratish maqsadida hududning salohiyatini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijasiga koʻra, “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash. | 2023-2024-yillar davomida | Tashabbuskorlar mablagʻlari, tijorat banklari kredit mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi |
| 25. | Viloyat va tuman markazlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda savdo va koʻngilochar koʻchalarni tashkil etish choralarini koʻrish. | 1. Savdo va koʻngilochar koʻchalar tashkil etish boʻyicha salohiyatli hududlarni aniqlash. 2. Savdo va koʻngilochar koʻchalar loyihalarini ishlab chiqish va tashkil etish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Mahalliy budjet va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari |
| 26. | Turizm salohiyati yuqori boʻlgan shahar (tuman)lar koʻchalarida milliy va xorijiy taomlarga ixtisoslashgan gastronomik koʻngilochar koʻchalar tashkil etish. Bunda, ushbu koʻchalarda koʻchma savdo obyektlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Gastronomik koʻngilochar koʻchalar tashkil etish boʻyicha salohiyatli hududlarni aniqlash. 2. Gastronomik koʻngilochar koʻchalar loyihalarini ishlab chiqish va tashkil etish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Mahalliy budjet va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari |
| 27. | Viloyatda Yaponiya davlatining ilgʻor tajribasi asosida mahalliy va xorijiy turistlarni hordiq chiqarishlari uchun qoʻshimcha turistik obyekt tashkil etish maqsadida “Tematik parklar”ni tashkil qilish. | 1. Viloyatda “Tematik parklar” tashkil qilish imkoniyati mavjud hududlarni aniqlash. 2. “Tematik parklar” tashkil qilish boʻyicha yagona konsepsiya ishlab chiqish. Bunda Yaponiya davlatining ilgʻor tajribasidan foydalanish. 3. Viloyatda 1-2 ta “Tematik park” tashkil qilish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Tashabbuskorlar mablagʻlari, tijorat banklari kredit mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi |
| 28. | Xorazmning qadimiy hunarmandchiligi, xususan, kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, pichoqchilik, ganjkorlik, gilamchilik, yogʻoch oʻymakorligi, sangtaroshlik, misgarlik, rixtagarchilik yoʻnalishlarida hunarmandlik markazlari sonini oshirish boʻyicha hududlarni belgilash va loyiha takliflarini ishlab chiqish. | 1. Loyihalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlash. 2. Loyihalarning tarmoq jadvalini ishlab chiqish va kelishish. 3. Belgilangan muddatlarda loyihalarni ishga tushirish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | “Hunarmand” uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 29. | Quyidagi yangi sayyohlik yoʻnalishlarini yaratish: tarixiy-ilmiy; tarixiy-etnik; madaniy-koʻngilochar; ekologik, tabiat qoʻynida dam olish. | 1. Yangi yaratiladigan sayyohlik yoʻnalishlariga mos salohiyatli hududlarni aniqlash. 2. Yangi sayyohlik yoʻnalishlarini targʻib qiluvchi reklama materiallarini tayyorlash. 3. Yangi sayyohlik yoʻnalishlarini turizm marshrutlariga kiritish choralarini koʻrish. | 2023 — 2026-yillar davomida | - | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi |
| 30. | Arxeologik qazilmalar topilmalari va badiiy suratlar namunalaridan qadimiy “Hazorasp qalʼa”si muzeyini tashkil qilish. | 1. Muzeyni tashkil qilish boʻyicha dastlabki hujjatlarni tayyorlash. 2. Muzeyni tashkil qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Muzey faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| III. Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash |
| 31. | Xorazm viloyatida gid-tarjimon sifatida faoliyat olib borish maqsadida boʻlgan talabgorlarni oʻqitish va ularga faoliyat olib borishi uchun sertifikat berish. | 1. Talabgorlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Maxsus oʻquv kurslarini tashkil qilish va sertifikat taqdim qilish. | 2022-yil noyabr | Ijrochilar va grant mablagʻlari | Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros obyektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti |
| 32. | Hududda turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida 2022-2023-yillar davomida Urganch davlat universitetiga dunyoning turizm sohasida ilgʻor taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini jalb etish choralarini koʻrish. | 1. Turizmning Xorazm viloyatiga xos yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha dunyoning ilgʻor taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirish. 2. Ushbu muassasalar tajribasini chuqur oʻrganish. 3. Mazkur muassasalarning professor-oʻqituvchilarini qisqa muddatlarga tajriba almashish uchun Urganch davlat universitetiga jalb qilish. | 2022-2023-yillar | Turizmni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 33. | Turizm sohasida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni chet davlatlarda malakasini oshirish tizimini yoʻlga quyish. | 1. Hamkor vazirlik va idoralar oʻrtasida qoʻshma qaror va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Mazkur tizim orqali “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborish. | 2022 — 2026-yillarda | Ijrochilar mablagʻlari | Tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar |
| 34. | Turizm sohasida xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish maqsadida belgilangan tartibda Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) va Germaniya xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashkiloti (GIZ) hamda Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA) bilan hamkorlikda viloyat turizm sohasiga 2023 — 2026-yillarda xalqaro grantlarni ajratish strategiyasini ishlab chiqish. | 1. Belgilangan tartibda Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) va Germaniya xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashkiloti (GIZ) hamda Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA) bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. 2. Xorazm viloyatida turizm sohasiga 2023 — 2026-yillarda xalqaro grantlarni ajratish strategik loyihasini ishlab chiqish. 3. Xalqaro grantlarni ajratish choralarini koʻrish. | 2023 — 2026-yillarda | - | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| IV. Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targʻib qilish |
| 35. | Turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarda oilaviy mehmon uylari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot tadbirlarini tashkil qilish. | 1. Oilaviy mehmon uylari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot tadbirlarini tashkil qilish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Grafikka asosan targʻibot olib borish. | 2022-yil sentabr oyidan boshlab doimiy ravishda | Turizmni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi |
| 36. | Xorijiy mamlakatlarda Xorazm viloyatining turizmi salohiyatini manzilli targʻib qilish choralarini koʻrish. | 1. Viloyatdagi turizm salohiyati yuqori boʻlgan turizm turlarini aniqlash va roʻyxatini shakllantirish. 2. Aniqlangan turizm turlari boʻyicha xorijiy turistlar tashrif buyuradigan, salohiyati yuqori boʻlgan mamlakatlar roʻyxatini shakllantirish. 3. Roʻyxatga asosan manzilli targʻibot dasturlarini ishlab chiqish. 4. Xorijiy mamlakatlarga Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targʻib qilish boʻyicha 5 — 10 kishilik delegatsiyalarni joʻnatish. | 2022-yil sentabr oyidan boshlab doimiy ravishda | Turizmni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm va madaniy meros vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 37. | Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi yoki Xiva shahridagi “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi qoshida “Young creators tourism” klubini tashkil qilish orqali turizm sohasiga qiziquvchi yoshlarni jalb qilgan holda, yoshlar oʻrtasida ichki turizmni rivojlantirishda amaliy yordamlar koʻrsatish. | 1. “Young creators tourism” klubi nizomini ishlab chiqish. 2. Klub faoliyati boʻyicha chora-tadbirlar belgilash. 3. Klubni tashkil qilish. | 2022-yil oktabr | Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Turizm va madaniy meros vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 38. | Xorazm viloyatining turistik salohiyatini targʻib qilish maqsadida turizm tashrif obyektlari boʻylab infoturlar tashkil etish. | 1. Infoturlarda ishtirok etuvchi turoperatorlar, OAV vakillari va blogerlar roʻyxatni shakllantirish. 2. Infoturlarni yuqori saviyada tashkil etish, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda #khorezm xeshtegi bilan targʻib qilish. 3. Turoperatorlar oʻrtasida “V2V” uchrashuvlar tashkil qilish. | 2022-2023-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi |
| 39. | Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targʻib qilish maqsadida targʻibot materiallarini tayyorlash, xorijiy davlatlar va respublikada oʻtkaziladigan nufuzli turistik koʻrgazmalarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targʻib qilish. | 1. Xorazm viloyatining turistik salohiyatini targʻib qilish maqsadida targʻibot materiallarini tayyorlash. 2. Xorijiy va mahalliy turistik koʻrgazmalarda hududning turizm salohiyatini targʻib qilish. | 2022-2023-yillar davomida | Ijrochilar va grant mablagʻlari | Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 40. | Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yorituvchi turkum koʻrsatuvlar tayyorlash. | Hududning turistik salohiyati, sayyohlarga yaratilgan imkoniyatlar, tarixiy va madaniy meros obyektlari toʻgʻrisida turkum (targʻibot) koʻrsatuvlarni tayyorlash hamda efir va internet tarmoqlarida joylashtirish. | 2022-2023-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari |
| 41. | Respublika yoshlarini Xiva shahridagi “Ichon-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi, “Nurullaboy” saroyi, Urganch tumanidagi “Ulli Hovli” majmuasi va Bogʻot tumanidagi “Qalʼajiq qalʼa” majmualariga sayohat aksiyasini tashkil etish. | 1. Aksiyani oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh shtabini tuzish. 2. Aksiyani oʻtkazish boʻyicha reja-dastur ishlab chiqib, tasdiqlash va aksiya ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish. 3. Dasturga asosan aksiya oʻtkazish hududlarini (mehmonxona, transport, muzeylar va umumiy ovqatlanish shoxobchalarini) tayyorlash. 4. Taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarining yozgi taʼtil kunlarda sayohat aksiyalarini oʻtkazish. | Har yili | Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 42. | Aholi va yoshlar orasida turizm sohasida yangi ishlanmalar yaratish va hududning sayyohlik salohiyatini targʻib etish. | 1. Xorazm viloyatida “Yoshlar va turizm” konferensiyasini tashkil etish. 2. Xorazm viloyatida “Yosh hunarmandlar” festivalini oʻtkazish. 3. “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturiga asosan tanlovlarni tashkil etish va #tourismchallange, #tourismexchange kabi maxsus xeshteglar joriy etish. 4. Tashkil etilgan tadbirlarga respublikaning barcha hududlaridan yoshlar jamoalarini taklif qilish va ularning ishtirokini taʼminlash. | Har yili iyun oyida | Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 43. | Turizm sohasi rahbarlari va yoshlar oʻrtasida uchrashuvlarni tashkil etish. | 1. Uchrashuvlar grafigini tasdiqlash. 2. Turizm sohasiga qiziqadigan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 3. Uchrashuvlarni oʻtkazish va yoshlar takliflarini amaliyotga tatbiq etish. | Har yili kamida ikki marotaba | - | Turizm va madaniy meros vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi |
| 44. | Turizm sohasida tashkil etiladigan tadbirlar, konferensiyalar va turli xil aksiyalarni ijtimoiy reklama sifatida ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, tashqi reklama vositalarini (bannerlar va tashqi ekranlar uchun videoroliklar) tayyorlash va oʻrnatish orqali targʻibot ishlarini tashkil etish. | 1. Turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlardagi tashqi reklama obyektlarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Mazkur hududlarda qoʻshimcha yangi tashqi reklama obyektlarini oʻrnatish. 3. Ushbu hududlardagi tashqi reklama obyektlarida turizm sohasida tashkil etiladigan tadbirlar, konferensiyalar va turli xil aksiyalarni ijtimoiy reklama sifatida doimiy yoritib borish. | 2023 — 2026-yillar davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm va madaniy meros vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi |
| V. Madaniy koʻngilochar tadbir va festivallar oʻtkazish |
| 45. | Xiva shahrida “Qoʻgʻirchoqlar” festivalini oʻtkazish. | 1. Festival oʻtkazish joyini aniqlash. 2. Festival bilan bogʻliq sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqish. 3. Festivalni yuqori saviyada oʻtkazish. | 2022-yildan boshlab doimiy ravishda | Mahalliy budjet mablagʻlari | Madaniyat vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
| 46. | “Ichon-qalʼa” davlat muzeyi qoʻriqxonasi majmuasini ommalashtirish hamda dunyo hamjamiyatidagi tutgan nufuzini mustahkamlash maqsadida ushbu obyektga tutash hududlarda xorijiy mamlakatlarning milliy bayramlari, madaniy tadbirlari, festivallari va shu kabi boshqa yirik tadbirlarini oʻtkazish maqsadida kelgusi yil uchun yillik reja-grafikini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 1. Xorijiy mamlakatlarning milliy bayramlari, madaniy tadbirlari, festivallari va shu kabi boshqa yirik tadbirlarini oʻtkazish maqsadida kelgusi yil uchun yillik reja-grafikini ishlab chiqish. 2. Ishlab chiqilgan reja-grafikni tegishli vazirlik va idoralar bilan oʻzaro kelishish va tasdiqlash. | 2022-yildan boshlab doimiy ravishda | - | Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |