Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан, от 29.10.2020 г. № 665
Кучга кириш санаси
30.10.2020
Рус
Ўзб
O’zb
Рус|Ўзб
Рус|O‘zb
|
Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан О дополнительных мерах по поддержке внешнеэкономической деятельности, сфер туризма и строительства в период пандемии коронавируса Премьер-министр Республики Узбекистан А. АРИПОВ г. Ташкент, 29 октября 2020 г., № 665 |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Koronavirus pandemiyasi davrida tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsiri oqibatida zarar koʻrgan va koʻrayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarini hamda zamonaviy uy-joy qurilishi bilan band boʻlgan qurilish-pudrat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining avtotransport vositalari parkini yanada yangilash va modernizatsiya qilish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2022-yil 31-dekabrga qadar quyidagilarga utilizatsiya yigʻimining nol stavkasi qoʻllanilsin: (1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-avgustdagi PQ-5225-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 07/21/5225/0807-son) yuk tashish uchun moʻljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodi 8704 23) hamda maxsus moʻljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodi 8705 10, 8705 40, 8705 90); (1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-avgustdagi PQ-5225-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 07/21/5225/0807-son) haydovchi bilan birga oʻn va undan ortiq yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan transport vositalari (TIF TN kodi 8702, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno). 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2020-yil 29-oktabr, 665-son Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-oktabrdagi 665-son qaroriga ILOVA Vazirlar Mahkamasining “Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha 1. 2-bandning “b” kichik bandida: a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin: “davlatlararo, hukumatlararo, xalqaro tashkilotlar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik koʻmak (grant) mablagʻlari hisobiga olib kiriladigan transport vositalariga;”; b) toʻrtinchi xatboshi tegishli ravishda beshinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. Ilovaning VI qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2020-y., 09/20/665/1426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 07/21/5225/0807-son) |
||||||||||||