О мерах по эффективному использованию пустующих, неиспользуемых, а также неэффективно используемых объектов и земельных участков в Бостанлыкском районе, организации на их базе инфраструктуры туризма и оказания услуг
Премьер-министр Республики Узбекистан А. АРИПОВ
г. Ташкент,
17 сентября 2020 г.,
№ 560
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Boʻstonliq tumanidagi boʻsh turgan, foydalanilmayotgan hamda samarasiz foydalanilayotgan obyektlar va yer uchastkalaridan samarali foydalanish, ular negizida turizm va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Boʻstonliq tumani hududida boʻsh turgan, samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish hamda ular negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini yaratish, shu asosda yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish va hududning turistik jozibadorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasining Boʻstonliq tumani hududida davlat tashkilotlariga hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlariga tegishli boʻlgan boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlari negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va tezkor ishga tushirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va investitsiya kiritish sharti bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, moliyaviy tashkilotlar va investorlar oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama hamkorlik shartnomasi asosida investorlarga “nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
vazirliklar va idoralar hamda davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlariga qarashli boʻsh turgan va xususiy sektorga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Boʻstonliq tumani hududida muhandislik-kommunikatsiya va ekologiyani muhofaza qilish infratuzilmasiii rivojlantirishga doir chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
mazkur qarorga 1-ilovada qayd etilgan obyektlarni sotishda investitsiya majburiyatlari va amalga oshirish muddatlarini belgilash, shuningdek, ularni loyiha institutlarini jalb etgan holda lotlarga boʻlish, birlashtirish va savdodan yechish Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
mazkur qarorga 2-ilovada qayd etilgan obyektlarni sotishda investitsiya majburiyatlari va amalga oshirish muddatlarini belgilash, shuningdek, ularni loyiha institutlarini jalb etgan holda lotlarga boʻlish va birlashtirish “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi maʼmuriy kengashi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
obyektlarni lotlarga boʻlish va birlashtirish uchun loyiha institutlarining xarajatlari Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotib olingan obyektlar va yer uchastkalariga boʻlgan egalik huquqlari investorlarga, istisno tariqasida, Toshkent viloyati hokimining alohida qarori qabul qilinmasdan rasmiylashtirib beriladi;
mazkur qarorga 1 — 3-ilovalarga kiritilgan obyektlarni balansda saqlovchi tashkilotlar rahbarlari bino va inshootlar sotilgunga qadar ularning oʻzgaga berilmasligi va butligini taʼminlash uchun shaxsan masʼul hisoblanadi;
mazkur qarorga 1 va 3-ilovalarga kiritilgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi, shuningdek boʻsh turgan yer maydonlariga boʻlgan huquqni sotishdan tushadigan mablagʻlar (baholash va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish xarajatlaridan tashqari) toʻliqligicha Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
4. Vazirliklar va idoralar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari bir oy muddatda 1 — 3-ilovalarda nazarda tutilgan bino va inshootlarni belgilangan tartibda Agentlikka topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida topshirsin.
Bunda davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlariga tegishli bino va inshootlarni Agentlikka berish masalasi belgilangan tartibda ularning tegishli boshqaruv organlari qarorlariga asosan barcha aksiyadorlar (ishtirokchilar) manfaatlarini inobatga olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda, jumladan, ustav kapitalidagi (ustav fondidagi) davlat ulushini kamaytirish orqali amalga oshiriladi.
5. Agentlik “Chorvoq” erkin turistik zonasi Direksiyasi va Boʻstonliq tumani hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
mazkur qarorga 1-ilovaga kiritilgan obyektlar ularning negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etishning aniq shartlarini bajarish majburiyatlari bilan belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilishini;
mazkur qarorga 2-ilovaga kiritilgan obyektlar ularning negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etishning aniq shartlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining moliyaviy tashkilotlari bilan tuziladigan hamkorlik shartnomasi asosida investorlarga “nol” xarid qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan sotilishini;
mazkur qarorga 3-ilovaga kiritilgan obyektlar belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin.
6. Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda 4-ilovada koʻrsatilgan muhandislik infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish manbaini aniqlasin va ularning amalga oshirilishini nazorat qilib borsin.
7. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ 4-ilovada koʻrsatilgan muhandislik infratuzilma loyihalarining oʻz muddatida amalga oshirilishi boʻyicha qatiy nazorat oʻrnatsin va har oyning 5-kunigacha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi va “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasiga axborot kiritib borsin.
Belgilansinki, turizm obyektlari, shu jumladan, qurilayotgan va mavjud mehmonxona hamda barcha bino va inshootlarda qurilish ishlari yuqori va past kuchlanishli elektr havo tarmoqlari muhofaza masofasi saqlangan holda amalga oshiriladi.
8. Agentlik Kasaba uyushmalari federatsiyasi Xalq taʼlimi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini samarali boshqarish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
9. “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, Boʻstonliq tumani hokimligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
10 kun muddatda Boʻstonliq tumanida vaqtinchalik aholi dam olish maskanlarini tashkil etish uchun yengil konstruksiyali koʻchma qurilmalar joylashtiriladigan yer uchastkalari (Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi tasarrufidagi yerlar bundan mustasno) belgilangan tartibda “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi zaxirasiga olinishini;
20 kun muddatda ijaraga berish uchun ular “E-auksion” elektron savdo platformasining auksion savdolariga qoʻyilishini taʼminlasinlar.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
10. Agentlik “Chorvoq” erkin turistik zonasi Direksiyasi va Boʻstonliq tumani hokimligi bilan birgalikda “Burchmullo” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan “Oʻgam-Chotqol” davlat milliy tabiat bogʻi boshqarmasining “Burchmullo” oʻrmon xoʻjaligiga tegishli boʻlgan davlat obyektlari negizida turistik majmua tashkil etilayotganligi sababli “Oʻgam-Chotqol” davlat milliy tabiat bogʻi boshqarmasining “Burchmullo” oʻrmon xoʻjaligiga boshqa obyektni ajratish chorasini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi va Boʻstonliq tumani hokimligi bilan birgalikda tumanning turistik xaritasini ishlab chiqish hamda barcha turizm obyektlarining (umumiy ovqatlanish, kafe, restoran, savdo, sihatgoh, mehmonxona, oilaviy uy mehmonxonalari, bolalar dam olish maskanlari, kuzatuv markazlari va boshqa xizmat koʻrsatuvchi joylar) Yandeks, Maps.Me, Google Maps kabi elektron xaritalarda koordinatalari (joylashuv nuqtalari) belgilanishini taʼminlasin;
“Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi Boʻstonliq tumani hokimligi hamda obyektlarni balansda saqlovchi tashkilotlar murojaatiga asosan mazkur qarorga ilovalarga kiritilgan obyektlarning kadastr hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
12. Qurilish vazirligi Transport vazirligi va Boʻstonliq tumani hokimligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Chorvoq suv ombori atrofida vertolyot qoʻnish maydonchasi, yirik avtoturargoh, ovqatlanish va savdo shoxobchasi, zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchasini tashkil etishni inobatga olgan holda, taklif loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi Agentlik bilan birgalikda sotilishi belgilangan obyektlardan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini taʼminlasinlar.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-sentabr,
560-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 560-son qaroriga 1-ILOVA
Zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladigan davlat mulki obyektlari
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi
9.
“Avtomobilchi” dam olish oromgohi
“S. Xondoyliqiy” MFY
8,45
2 144,15
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
10.
Sobiq tibbiyot akademiyasi oromgohi
“Sarbogʻ” MFY
2,00
235,44
“Oʻzstandart” agentligi
Dori vositalarini ekspertiza va standartlashtirish davlat markazi
11.
“Sidjak” dam olish oromgohi
“Sijjak” MFY
10,00
800
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
12.
“Oʻgam” oromgohi
“Xumson” MFY
20,00
5 000
“Oʻztransgaz” AJ
“Oʻztransgaz” AJ
13.
“Gidroenergetik” sport sogʻlomlashtirish lageri
“Xoʻjakent” MFY
2,5
1 116
“Oʻzgidroenergo” AJ
“Gidroproyekt” AJ
15.
Rangli metall institutining oromgohi
“Chimboyliq” MFY
2,64
788,41
“Oʻzmetkombinat” AJ
“Ranglimetal-elektroloyiha”
16.
“Qizil suv sport sogʻlomlashtirish” MChJ
“Chimboyliq” MFY
5,90
2 746,20
“Oʻzavtosanoat” AK
“Oʻzavtosanoat” AK
18.
Sobiq tayanch punkti binosi va uning atrofidagi hudud
“Chimyon” MFY
3,0
354,0
Toshkent shahar hokimligi
“Yagona buyurtmachi xizmati injiring kompanyasi” DUK
19.
Beldirsoy oromgohi
“Chimyon” MFY
46,10
9 628
Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar hokimligi
20.
Chorvoq oromgohi (Piramida)
“Chimyon” MFY
72,00
Toshkent shahar hokimligi qoshidagi “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK
Toshkent shahar hokimligi qoshidagi “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK
21.
“Anhor Sayli” oromhogi (sobiq “Aziz” oromgohi)
“Qoronqul” MFY
1,22
1 736,00
“Oʻzbektemiryoʻllari” AJ
“AnhorSayli” MChJ (taʼsischi: “O`ztemiryo`lkonteyner” AJ — 92,3%, “O`ztemiryo`lmashta`mir” AJ — 7,7%)
22.
“AnhorSayli” oromhogi (sobiq “Kazbek” oromgohi)
“Qoronqul” MFY
1,40
2 095,00
“Oʻzbektemiryoʻllari” AJ
“AnhorSayli” MChJ (taʼsischi: “O`ztemiryo`lkonteyner” AJ — 92,3%, “O`ztemiryo`lmashta`mir” AJ — 7,7%)
23.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qiskartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutiga qarashli “Soyliq” oromgohi
“Kichiksoy” MFY
5,91
3 516,16
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
24.
Kosmos sogʻlomlashtirish oromgohi
“Koʻktoʻnli” MFY
13,76
1 308
Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati hokimligi
25.
Gʻazalkent Suvoqova bino-inshootlari va yer maydonlari
“Qizil suv” MFY, Toshkent koʻchasi
8,70
96,0
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ
Boʻstonliq tumani hokimligi
26.
“Lingvist” sport sogʻlomlashtirish oromgohi
“Xumson” MFY
0,04
2,4
Oʻzbekiston Jahon tillari universiteti
Oʻzbekiston Jahon tillari universiteti
Izoh: * “Chorvoq” erkin turizm zonasi Maʼmuriy kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Chorvoq” erkin turizm zonasi Direksiyasi taklifiga asosan roʻyxatga qoʻshimchalar kiritish vakolati beriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 560-son qaroriga 2-ILOVA
Zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va investitsiya kiritish sharti bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, moliyaviy tashkilotlar va investorlar oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama hamkorlik shartnomasi asosida investorlarga “nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat mulki obyektlari*
ROʻYXATI
T/r
Obyekt nomi
Joylashgan manzili
Yer maydoni (ga)
Bino-inshoot maydoni (kv. m)
Idoraviy mansubligi
Balansda saqlovchi
Masʼul bank
Burchmulla loyihaviy zonasi
1.
“Burchmullo” davlat oʻrmon xoʻjaligining yordamchi xoʻjaliklari
“Burchmullo” MFY
0,75
1 100,0
Oʻrmon hoʻjaligi davlat qoʻmitasi
“Burchmullo” oʻrmon xoʻjaligi
Asaka bank
2.
Oʻquv-amaliyot poligoni
“Burchmullo” MFY
1,49
488,0
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Toshkent davlat texnika universiteti
3.
“Burchmullo” zargarlik zavodining faoliyat koʻrsatmayotgan mulkiy majmuasi
“Burchmullo” MFY
2,20
4 802,0
Toshkent viloyati hokimligi”
Boʻstonliq tuman hokimligi
4.
Oʻrmon xoʻjaligiga tegishli bino
“Burchmullo” MFY
2,20
1 200,0
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi
“Burchimullo” oʻrmon xoʻjaligi
5.
Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli Burchmulla poligoni
“Burchmullo” MFY
4,00
1 502,0
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Toshkent davlat texnika universiteti
Chimyon loyihaviy zonasi
6.
Qurilishi tugallanmagan 52-son oromgoh
“Chimyon” MFY
7,0
5 000,0
Toshkent shahar hokimligi
“Yagona buyurtmachi xizmati injiring kompaniyasi” DUK
Milliy bank, avval xususiylashtirib olgan tadbirkorlik subyektlari**
7.
Qurilishi tugallanmagan bino
“Chimyon” MFY
10,0
14 000,0
Toshkent shahar hokimligi
“Yagona buyurtmachi xizmati injiring kompaniyasi” DUK
Nanay va Yakkatut loyihaviy zonasi
8.
Tuman Xalq bankiga karashli 16-son shoxobcha
“Nanay” MFY
0,01
50,4
“Xalq banki” AJ
“Xalq banki” AJ
Xalq banki
9.
Pochta binosi
“Nanay” MFY
0,11
236,0
“Oʻzbektelekom” AJ
“Oʻzbektelekom” AJ
10.
Polvonak MTP
“Nanay” MFY
0,22
238,0
“Oʻzagrotexservis” AJ
Toshkent “Agroservis” MTP
11.
Yoshlar oromgohi (sobiq Kamolot)
“Nanay” MFY
2,50
663
Yoshlar ishlari agentligi
Yoshlar ishlari agentligi
Ipoteka bank
12.
Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli oʻquv amaliyoti poligoni
“Yakkatut” MFY
2,48
1 396,0
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Toshkent davlat texnika universiteti
Aloqa bank
Boshqa loyihaviy zonalar
13.
Dam olish maskani
“Qoramozor” MFY
3,83
387,0
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Oʻzsanoat-qurilishbank
14.
Toshkent oromgohi
“Chimyon” MFY
5,0
727,0
“Toshkent oromgohi” DUK
Toshkent shahar hokimligi
Oʻzsanoat-qurilishbank
15.
Sobiq karlar jamiyatiga qarashli qurilishi tugallanmagan obyekt
Novobod MFY
10
300
Tuman hokimligi
Tuman hokimligi
Kapital bank
16.
125-son avtobazaga qarashli sobiq avtoturargoh
Novobod MFY
4
100
Tuman hokimligi
Tuman hokimligi
Aloqa bank
17.
Geologiya dam olish oromgohi
“Yangiqoʻrgon” MFY
1,00
373,53
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi
Kapital sugʻurta kompaniyasi
18.
Rohat oromgoxi
“Xumson” MFY
2,00
300
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
Davr bank
Izoh: * Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari va moliyaviy tashkilotlariga bir oy muddatda ushbu obyektlar negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish boʻyicha, jumladan, investorlarni jalb qilgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha tarmoq jadvallarini (loyihalarni amalga oshirishning muddati ikki yildan oshmaslik sharti bilan) tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish tavsiya etiladi.
** Avval xususiylashtirib olgan tadbirkorlik subyekti tomonidan loyihani amalga oshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda ushbu obyektlar boʻyicha toʻlangan mablagʻlar “NBU Invest Group” AJ tomonidan qoplanadi hamda loyiha belgilangan muddatda bank tomonidan boshqa tadbirkorlik subyektini jalb etgan holda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 560-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirliklar va idoralar hamda davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlariga qarashli boʻsh turgan va xususiy sektorga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladigan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Ichimlik suv va oqova suv tarmoqlari infratuzilmasini tezkor rivojlantirish
1.
“Chimyon” MFY hududida ichimlik suv tizimlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish.
4 ta obyekt 22 km
36 900
2021-2022-yillar
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qiskartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi
2.
“Chimyon” MFY hududida oqova suvi tizimlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish.
1 ta obyekt 25 km
10 220
2021-2022-yillar
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi
3.
Yusufxona qishlogʻi suv taʼminoti va oqova suvlarini optimallashtirish tizimini qurish.
suv kuvuri 2,5 km, oqova suvlari kuvuri 3 km, 2 ta obyekt
9 000
2021-2022-yillar
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirlish, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi
4.
“Chotqol” oqova suvlari kollektorini qurish.
5,0 km
8 000
2021-2022-yillar
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstoiliq tumani hokimligi
5.
“Xumson” va “Chorbogʻ” MFYlar hududlarida ichimlik suv tizimlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish.
5 ta obyekt 66 km
53 600
2021-2022-yillar
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi
6.
Boʻstonliq tumanida joylashgan “Yangiovul”, “Chaxcham”, “Qoramozor”, “Gijol”, “Gʻalvasoy”, “Uchterak” MFYlarda yashovchi aholini markazlashgan ichimlik suv bilan taʼminlash.
6 ta obyekt 39,5 km
11 500
2021-2022-yillar
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi
7.
“Nanay”, “Bogʻiston” va “Boladala” MFY hududlarida aholini sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash maqsadida ichimlik suv quvurini oʻtkazish.
3 ta obyekt 35,8 km
38 400
2021-2022-yillar
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi
8.
“Sijjak-Chorbogʻ” oqova suv tizimini qurish. Turistik zonani kelajakda rivojlanishini hisobga olib ichimlik suv quvurini oʻtkazish.
1 ta obyekt 20 km
13 000
2021-2022-yillar
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi
9.
“Xumson” va “Chorbogʻ” MFY hududlarida oqova suv tizimlarini kurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish.
5 ta obyekt 35 km
14 200
2021-2022-yillar
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi
10.
“Yakkatut” MFY hududlarida oqova suvi tizimlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish.
Aniqlanmoqda
Aniqlanmoqda
2021-2022-yillar
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iktisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni kisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi
Yoʻl-transport infratuzilmasini tezkor rivojlantirish
11.
4R6 “Toshkent sh. — Chirchiq sh. — Chimyon q.” avtomobil yoʻlining 51 — 92 km orasidagi masofani joriy taʼmirlash. Piyodalar uchun yoʻlaklar qurish temir-beton lotok oʻrnatish, yoʻlni jihozlash, yul qoplamasini karta usulida joriy taʼmirlash, tungi yoritish tizimini joriy taʼmirlash.
29,6 km
24 876
30.12.2021-y.
Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
12.
4R10 “Chorbogʻ suv ombori aylanma yoʻli” avtomobil yoʻlining 22 — 32 km orasida yoʻl qoplamasini asfalt-beton bilan taʼmirlash, piyodalar uchun yoʻlak qurish, yoʻlni jihozlash.
10 km
9 100
30.10.2021-y.
Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
13.
4R12 “Bektemir sh. — Chirchiq sh. — Gʻazalkent sh. — Chorbogʻ koʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 73 km da piyodalar uchun yer osti yoʻli qurish.
1 dona
2 400
30.10.2020-y.
Moliya vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Boʻstonliq tumani hokimligi
14.
4R12 “Bektemir sh. — Chirchiq sh. — Gʻazalkent sh. — Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 71 — 74 km oraligʻida toʻla taʼmirlash ishlari tarkibida yoʻlning 73-74 km oraligʻida yoʻlni chap tomonga kengaytirish orqali yoʻlda toʻrt tasmali harakat tashkil qilish ishlarini yakunlash.
1 km
8 200
30.12.2020-y.
Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
15.
4R12 “Bektemir sh. — Chirchiq sh. — Gʻazalkent sh. — Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 53,8 km. da “Oqsoqota” koʻprigini qayta tiklash.
1 dona
8 259,7
30.11.2020-y.
Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
16.
4R11 “Gʻazalkent sh. — Qizilsuv q. — Chorbogʻ maskani” avtomobil yoʻlining 0 — 8 km oraligʻida yoʻl qoplamasini asfalt-beton bilan taʼmirlash (karta usulida). Yoʻlning 15 — 17 km oraligʻidagi qoplamani taʼmirlash.
10 km
1 005
30.10.2020-y.
Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
17.
4R6G “Toshkent sh. — Chirchiq sh. — Chimyon q.” avtomobil yoʻlining 6 — 8 km qismini joriy taʼmirlash, metall toʻsiq oʻrnatish, qoplamani karta usulida joriy taʼmirlash va yoʻlni jihozlash.
2 km
1 300
30.10.2020-y.
Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
18.
4R6D “Toshkent sh. — Chirchiq sh. — Chimyon k.” avtomobil yoʻlining 0 — 2 km qismini joriy taʼmirlash.
2 km
1 430
30.10.2020-y.
Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
19.
4N692 “Gʻazalkent sh. — Qoramozor q. — Marmar koni” avtomobil yoʻlining 0 — 9 km qismining yoʻl qoplamasini karta usulida taʼmirlash.
9 km
2 315,25
30.10.2020-y.
Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
20.
4K794 “4R10 avtomobil yoʻli — Xumsan qishlogʻi” avtomobil yoʻlining 0 — 8 km qismini joriy taʼmirlash. Piyodalar uchun yoʻlak qurish temir-beton lotok oʻrnatish yoʻlni jihozlash, tungi yoritish tizimini joriy taʼmirlash 1-guruh metall toʻsiq oʻrnatish, monolit temir-beton toʻsiq qurish.
8 km
5 250
30.12.2021-y.
Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
21.
“Amirsoy” togʻ-changʻi kurortiga olib boruvchi yangi avtomobil yoʻlini qurish ishlarini davom ettirish va yakunlash.
4,2 km
14 700
31.12.2020-y.
Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
Chimyon loyiha zonasi
22.
“Chimyon” MFY hududidagi 4R6G avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash (Qurilishi tugallanmagan 52-son oromgohi).
uzunligi 0,05 km, kengligi 4,5 m
33,8
31.12.2020-y.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
23.
“Chimyon” MFY hududidagi 4R6G avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash (qurilishi tugallanmagan bino).
uzunligi 0,05 km, Kengligi 4,5 m
33,8
31.12.2020-y.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
Burchmulla loyiha zonasi
24.
“Burchmullo” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 29 km qismidagi (Oʻquv amaliyot poligoni) yoʻlni joriy taʼmirlash.
uzunligi 0,81 km, kengligi 4,5 m
656,1
31.12.2020-y.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
25.
“Burchmullo” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 29 km qismidagi (“Burchumullo” zargarlik zavodining faoliyat koʻrsatmayotgan mulkiy majmuasi) yoʻlni joriy taʼmirlash.
uzunligi 0,310 km, kengligi 5 m
232,5
31.12.2020-y.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
26.
“Burchmullo” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 29,8 km qismidagi (Oʻrmon xoʻjaligiga tegishli obyekt) yoʻlni joriy taʼmirlash.
uzunligi 0,1 km, kengligi 3,5 m
52,5
31.12.2020-y.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
27.
“Burchmullo” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 29,4 km qismidagi (Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli Burchumulla poligoni) yoʻlni joriy taʼmirlash.
uzunligi 0,15 km, kengligi 4,5 m
108,0
31.12.2020-y.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
Boshqa loyiha uchastkalari
28.
“Yakkatut” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 32,7 km qismidagi (Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli oʻquv amaliyoti poligoni) yoʻlni joriy taʼmirlash.
uzunligi 0,150 km, kengligi 5 m
120,0
31.12.2020-y.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
29.
“Nanay” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 48,1 km qismidagi (sobiq bolalar bogʻchasi binosi) yoʻlni joriy taʼmirlash.
uzunligi 0,25 km, kengligi 4 m
160,0
31.12.2020-y.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
30.
“Chimboylik” MFY hududidagi 4R11 avtomobil yoʻlining 8 km qismidagi (“Agromir Gʻazalkent” MChJ dam olish oromgohi) yoʻlni joriy taʼmirlash.
uzunligi 0,38 km, kengligi 5 m
380,0
31.12.2020-y.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
31.
“Kuktunli” MFY hududidagi 4R6V avtomobil yoʻlining 6 km qismidagi (“Kosmos” sogʻlomlashtirish oromgohi) yoʻlni joriy taʼmirlash.
uzunligi 0,12 km, kengligi 4 m
516,0
31.12.2020-y.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
32.
“Humson” MFY hududidagi 4K794 avtomobil yoʻlining 8 km qismidan oʻng tomonga (“Malika” dam olish oromgohi) yoʻlni mukammal joriy taʼmirlash.
uzunligi 1,8 km, kengligi 4 m
1 860,0
31.12.2020-y.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
33.
“Nanay” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 49 km qismining chap tomonidagi (tuman Xalq bankiga qarashli 16-shoxobcha) yoʻlni joriy taʼmirlash.
uzunligi 0,2 km, kengligi 5 m
15,0
31.12.2020-y.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
34.
“Nanay” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 49 km qismining chap tomonidagi (pochta binosi) yoʻlni joriy taʼmirlash.
uzunligi 0,05 km, kengligi 5 m
37,5
31.12.2020-y
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi
Elektr tarmoqlari infratuzilmasini tezkor rivojlantirish
35.
“Chorbogʻ-Chimgan” yoʻnalishi hududidan oʻtuvchi 110 kV Chorvoq-1,2 xavo elektr uzatish tarmoqlarini “Xojikent” MFY hududidan oʻtuvchi 6,5 km qismini xavfsiz hududga koʻchirish.
6,5 km
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2020-yil IV-chorak
Toshkent viloyati hokimligi, Boʻstonliq tumani hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent NETK” AJ
36.
“Yakkatut” MFY hududida turizmni rivojlantirish, hududdagi elektr energiyasi isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash maqsadida 110/35/10 kV podstansiya qurish.
110/35/10 kV
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2021-2022-yillar
Toshkent viloyati hokimligi, Boʻstonlik tumani hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent NETK” AJ
37.
“Chorbogʻ-Chimgan” yoʻnalishi hududidan oʻtuvchi 110 kV Chorvoq-1,2 xavo elektr uzatish tarmoqlarini “Chimgan” MFY hududidan oʻtuvchi 8,5 km qismini xavfsiz hududga koʻchirish.
8,5 km
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2020-yil IV-chorak
Toshkent viloyati hokimligi, Boʻstonlik tumani hokimligi, “Hududiy elektr tarmoklari” AJ “Toshkent NETK” AJ
38.
Turizmni rivojlantirish, hududdagi elektr energiyasi isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash maqsadida 110/35/10 kV podstansiya qurish.
110/35/10 kV
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2021-2022-yillar
Toshkent viloyati hokimligi, Boʻstonlik tumani hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent NETK” AJ
39.
“Chorbogʻ-Chimgan” yoʻnalishi boʻyicha yoʻl boʻyida joylashgan elektr tarmoqlari oʻtkazilgan 275 ta yogʻoch ustunlarni beton ustunlarga almashtirish.
275 ta
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2020-yil III-chorak
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent NETK” AJ
40.
“Chorbogʻ-Chimgan” yoʻnalishi boʻyicha yoʻl boʻyida joylashgan 8,5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini zamonaviy turdagi SIP rusumli oʻtkazgichlarga almashtirish.
8.5 km
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2020-yil III-chorak
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent NETK” AJ
41.
“Chorbogʻ-Chimgan” yoʻnalishi boʻyicha yoʻl boʻyida joylashgan 12 ta TPlarning estetik holatini yaxshilash.
12 dona
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2020-yil III-chorak
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent NETK” AJ
42.
“Chimyon” MFY hududidagi qurilishi tugallanmagan 52-sonli oromgohni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 35/10 kV “Yoshlik” PSdan chiquvchi 10 kV “Kashshof-1,2” fideridan alohida 10 kV elektr tarmoq tortish hamda 10/0,4 kV TP oʻrnatish.
10 k V elektr uzatish tarmogʻi 10/0,4 kV transformator punkti
Loyiha-smeta Hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2021-2022-yillar
Boʻstonliq tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ
43.
“Chimyon” MFY hududidagi qurilishi tugallanmagan binoni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 35/10 kV “Yoshlik” PSdan chiquvchi 10 kV “Kashshof-1,2” fideridan alohida 10 kV elektr tarmoq tortish hamda 10/0,4 kV TP oʻrnatish.
10 kV elektr uzatish tarmogʻi 10/0,4 kV transformator punkti
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2021-2022-yillar
Boʻstonliq tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ
44.
“Burchumullo” MFY hududidagi “Burchumullo” zargarlik zavodining faoliyat koʻrsatmayotgan mulkiy majmuasini elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 35/6 kV “Burchumullo” PSdan chiquvchi 6 kV “Olmos” fideridan alohida 6 kV elektr tarmoq tortish hamda 6/0,4 kV TP oʻrnatish.
6 kV elektr uzatish tarmogi 6/0,4 kV transformator punkti
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2021-2022-yillar
Boʻstonliq tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ
45.
“Xumson” MFY hududidagi “Malika” dam olish oromgohini elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 35/6 kV “Dumba” PSdan chiquvchi 6 kV “Orom” fideridan alohida 6 kV elektr tarmoq tortish hamda 6/0,4 kV TP oʻrnatish.
6 kV elektr uzatish tarmogi 6/0,4 kV transformator punkti
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2021-2022-yillar
Boʻstonliq tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ
46.
“Nanay” MFY hududidagi “Polvonak” MTPni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 35/10 kV “Tepar” PSdan chiquvchi 10 kV “Tepar” fideridan alohida 10 kV elektr tarmoq tortish hamda 10/0,4 kV TP oʻrnatish.
10 kV elektr uzatish tarmogi 10/0,4 kV transformator punkti
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2021-2022-yillar
Boʻstonliq tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ
47.
“Nanay” MFY hududidagi tuman Xalq bankiga qarashli 16-sonli shohobchani elektr energiyasi bilai taʼminlash uchun 35/10 kV “Sijjak” PSdan chiquvchi 10 kV “Nanay” fideridagi 128-sonli TPning 0,4 kV qutisidan alohida kuchlanishli 0,4 kV elektr tarmoq tortish.
0,4 kV elektr uzatish tarmogʻi
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2021-2022-yillar
Boʻstonliq tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ
48.
“Nanay” MFY hududidagi pochta binosini elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 35/10 kV “Sijjak” PSdan chiquvchi 10 kV “Nanay” fideridagi 128-sonli TPning 0,4 kV qutisidan alohida kuchlanishli 0,4 kV elektr tarmoq tortish.
0,4 kV elektr uzatish tarmogi
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
2021-2022-yillar
Boʻstonlik tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ
“Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni takomillashtirish va Ekoinspeksiya nazorati tizimini tashkil etish” loyihasi boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi
49.
Chiqindi tashuvchi texnika ajratish.
9 dona
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
01.10.2020-y.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
50.
Assenizator texnikasini ajratish.
5 dona
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
01.10.2020-y.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
51.
Boʻstonliq tumani chiqindi poligoni faoliyatini toʻxtatish.
1 dona
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
01.10.2020-y.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
52.
Aholi va dam olish hududlarida chiqindi yigʻish maydonchalarini tashkil etish.
12 dona
Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi
01.10.2020-y.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
53.
Onlayn ekologik nazoratni amalga oshirish uchun mobil ilova ishlab chiqish.
1 dona
7 000
01.10.2020-y.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
54.
Gʻazalkent shahrida chiqindi qayta yuklash stansiyasini qurish.
1 dona
01.10.2020-y.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
55.
Chiqindini qayta yuklash stansiyasida chiqindilar hisobshsh yuritish uchun tarozi oʻrnatish.
1 dona
01.10.2020-y.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
56.
Chiqindini qayta yuklash stansiyasidan kayta yuklangan chiqindilarni Chirchiq shahrining “Maydontol” chiqindi poligoniga joylashtirish.
102 tonna
Doimiy
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
57.
Chiqindini qayta yuklash stansiyasida chiqindilarni qayta yuklash va “Maydontol” chiqindi poligoniga olib borish uchun maxsus shatakli texnika bilan taʼminlash.
2 dona
01.10.2020-y.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
58.
Chiqindini qayta yuklash stansiyasida chiqindilarni qayta yuklash uchun tirkamali konteyner bilan taʼminlash.
3 dona
01.10.2020-y.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
* Yakuniy qiymati loyiha hujjatlari tasdiqlangandan soʻng oʻzgarishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2020-y., 09/20/560/1308-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son; 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son; 05.08.2023-y., 09/23/337/0562-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)