Соглашение между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Королевства Таиланд
Кучга кириш санаси
06.10.2016
Рус
Ўзб
O’zb
Рус|Ўзб
Рус|O‘zb
|
Соглашение между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Королевства Таиланд О сотрудничестве в области туризма Ташкент, 6 октября 2016 года (Вступило в силу для Республики Узбекистан 6 октября 2016 года) (подписи) |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tailand Qirolligi Hukumati oʻrtasida Bitim Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 2016-yil 6-oktabr, Toshkent (Oʻzbekiston Respublikasi uchun 2016-yil 6-oktabrdan kuchga kirgan) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tailand Qirolligi Hukumati (bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar), ikki davlat oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga boʻlgan oʻzaro istaklaridan kelib chiqib, turizmning davlatlar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotida muhim ekanligini hisobga olib, turizm sohasidagi hamkorlik ikki davlat xalqlari oʻrtasida samimiy va doʻstona munosabatlarni rivojlantirishning muhim omili ekanligini tan olib, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar: 1-modda Tomonlar oʻz davlatlari xalqlarini bir-birlarining iqtisodiyoti, ijtimoiy qadriyatlari va madaniyati, tabiati hamda diqqatga sazovor joylari, shuningdek tarixiy obidalari va madaniy anʼanalari bilan tanishtirish maqsadida turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga koʻmaklashadilar. 2-modda Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida turistlar tashriflarini yanada rivojlantirish maqsadida oʻz davlatlarining tegishli qonun va qoidalariga muvofiq tenglik va oʻzaro manfaatdorlik asosida turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydilar za qoʻllab-quvvatlaydilar. 3-modda Tomonlar oʻzlarining turizm sohasidagi tegishli maʼmuriyatlari va shu sohada faoliyat koʻrsatuvchi boshqa manfaatdor tashkilotlari hamda institutlari oʻrtasida hamkorlikni ragʻbatlantiradilar va ikki davlat oʻrtasida turistlar almashinuvini oshirish uchun, shu jumladan quyidagi maqsadlarda birgalikda faoliyat koʻrsatadilar: a) Tomonlar oʻrtasida turizmning barcha yoʻnalishlarini rivojlantirish uchun turizm sohasidagi tadbirlar va nou-xau boʻyicha tajriba almashish; b) turizmni targʻib qiluvchi nashrlar toʻgʻrisida maʼlumot almashish; v) axborot va reklama materiallari bilan almashish; g) Tomonlar davlatlari hududlarida koʻrgazma, simpozium, seminar va filmlar namoyishlarini oʻtkazish imkoniyatlarini oʻrganish; d) mehmonxonalar va Tomonlar oʻrtasida turizm rivojining muhim asosi boʻlgan boshqa turizm muassasalarini qurish va ulardan foydalanish sohasida hamkorlikni ragʻbatlantirish va birgalikdagi hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganish; e) turistik va madaniy festivallar, folklor va havaskorlar guruhlari chiqishlarini tashkil qilish. 4-modda Tomonlar oʻz vakolatli idoralari orqali yangi turistik manzillarni yaratish sohasida hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha fikr almashadilar va xalqaro turizm tashkilotlari doirasida oʻz faoliyatlari boʻyicha tajriba almashadilar. 5-modda Tomonlar turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tailand Qirolligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo Komissiya doirasida oʻz davlatlari qonun va qoidalariga muvofiq Tomonlarning teng sonli aʼzolaridan iborat boʻlgan Qoʻshma ishchi guruh tuzishlari (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb nomlanadi) mumkin. Bunda Tomonlarning imkoniyat va resurslari inobatga olinishi lozim. Ishchi guruh ushbu Bitimning amalga oshirilishini taʼminlaydi. Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Ishchi guruh tegishli davlat tashkilotlariga tavsiya va takliflar ishlab chiqadi. 6-modda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi va Tailand Qirolligining Turizm va sport vazirligi ushbu Bitimning amalga oshirilishi uchun masʼul hisoblanadilar. 7-modda Ushbu Bitimga oʻzaro kelishuv asosida alohida protokol bilan rasmiylashtiriladigan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritiladi. Bunday qoʻshimcha va oʻzgartishlar Tomonlar belgilagan sanadan boshlab kuchga kiradi va ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi. 8-modda Tomonlar ushbu Bitimning bajarilishini taʼminlash uchun tegishli choralar koʻradilar va ushbu Bitimning amalga oshirilishida yuzaga keladigan har qanday kelishmovchiliklarni oʻzaro maslahatlashuvlar orqali hal qiladilar. 9-modda Ushbu Bitim imzolangan sanadan kuchga kiradi va besh (5) yil davomida amal qiladi hamda Tomonlardan biri oʻzining ushbu Bitimni tugatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni dastlabki tugash muddati yoki keyingi uzaytirish muddatidan olti (6) oy oldin yozma xabardor qilmaguniga qadar oʻz-oʻzidan keyingi besh (5) yillik muddatlarga uzayaveradi. Mazkur Bitimning 1 — 8-moddalariga muvofiq Tomonlar oʻrtasida tuzilgan investitsiyaviy loyiha va bitimlar ushbu Bitim tugatilganidan soʻng ham besh (5) yil davomida amalda boʻladi. 2016-yil 6-oktabrda Toshkent shahrida ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, tay va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi. (imzolar) |