Соглашение между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Государства Израиль
Кучга кириш санаси
31.12.1995
Рус
Ўзб
O’zb
Рус|Ўзб
Рус|O‘zb
|
Соглашение Между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Государства Израиль О сотрудничестве в области туризма Ташкент, 4 июля 1994 года (Вступило в силу для Республики Узбекистан 31 декабря 1995 года) (подписи) |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida Bitim Turizm sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida 1994-yil 4-iyul, Toshkent (Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1995-yil 31-dekabrdan kuchga kirgan) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Isroil Davlati Hukumati, kuyida “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataladi, xalqlar oʻrtasida oʻzaro anglashuvga va ikkala mamlakat oʻrtasida turizm sohasida teng huquqli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga boʻlgan muddaolarini izhor etib, quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashishdi: 1-modda Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida turizmni rivojlantirishga koʻmaklashishga harakat qiladilar, va xususan ikkala mamlakatdagi turistik boshqaruv tizimlari, turistik assotsiatsiyalari va tashkilotlari oʻrtasida munosabatlar oʻrnatilishini va turistik harakatlarning amalga oshirilishini faol koʻllab-quvvatlaydilar. 2-modda Ahdlashuvchi Tomonlar turistik investitsiyalarni, shu jumladan, turizm sohasida xususiy investitsiyalar qoʻyish bilan shugʻullanadiganlarni koʻllab-quvvatlaydilar. 3-modda Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagi sohalarda ikki tomonlama turistik hamkorlikni rivojlantirishga rozi boʻlishdi: sogʻlomlashtirish turizmi, ishchi guruhlarni tayyorlash, dasturlarni, sayr-sayohat boʻyicha ekspertlarni, kasb-axborot materiallarini, hujjatlarini, statistik, turistik adabiyotlar va taalluqli materiallarni oʻzaro ayirboshlash. Reklama va hujjatlar toifasiga kiradigan materiallar ikki mamlakat oʻrtasida ayirboshlash jarayonida bojxona yigʻimlaridan ozod etiladi. Mazkur shartlar turistik yarmarkalar va koʻrgazmalar uchun yuboriladigan eksponatlarga ham amal qiladi, bunda ularning tijoriy qiymati hisobga olinmaydi. 4-modda Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro turistik tashkilotlar doirasida hamkorlik qiladilar. 5-modda Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning bajarilishini taʼminlash maqsadida, turizm sohasida shugʻullanadigan oʻz davlatlari tizimlariga Bitimning bajarilishi va bajarilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha ishchi dasturini tashkil qilish maqsadida zarur barcha narsani toʻplash vazifasini topshiradilar. 6-modda Mazkur Bitimning ijrosi uchun “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi va Isroil Davlati Turizm vazirligi masʼuldir. 7-modda Ushbu Bitim Tomonlar mazkur Bitimning amalga oshirilishi uchun zarur yuridik ichki talablar bajarilganligi haqida bir-birlarini yozma ravishda diplomatik yoʻllar orqali xabardor etadigan notalar olishlari bilan kuchga kiradi. Mazkur Bitim besh yil davomida kuchda boʻladi va basharti Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ikkinchi Tomonni Bitim tugashiga olti oy qolguniga kadar yozma ravishda diplomatik kanallar orqali xabardor etmasa, Bitim harakat muddati toʻgʻridan toʻgʻrinavbatdagi besh yilga uzaytiriladi. Toshkent shahrida, 1994-yil 4-iyulda, 5754 yilga muvofiq, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, ivrit va ingliz tillarida imzolandi. Matnlarni talqin qilishda kelishmovchiliklar tugʻilgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi. (imzolar) |