Соглашение между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Итальянской Республики
Кучга кириш санаси
04.06.1997
Рус
Ўзб
O’zb
Рус|Ўзб
Рус|O‘zb
|
Соглашение между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Итальянской Республики О сотрудничестве в сфере туризма Ташкент, 3 мая 1997 года (Соглашение не вступило в силу) (подписи) |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida Bitim Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 1997-yil 3-may, Toshkent (Bitim kuchga kirmagan) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Italiya Respublikasi Hukumati (bundan keyin Ahdlashuvchi “Tomonlar” deb ataladilar), turizmning ham iqtisodiy rivojlanish, ham ularning xalqlari bir-birini yanada yaxshiroq tushunishi uchun muhim rolini anglab, turizm sohasidagi faol hamkorlikni ragʻbatlantirish zarurligiga ishonib va oʻz potensial imkoniyatlarini eʼtiborga olib, ikkala Tomonning turizm sohasidagi hamkorlikdan manfaatdorligini eʼtiborga olib, ikkala Tomonning turizm sohasida uzoq rivojlanishni kafolatlash uchun tabiiy va madaniy resurslarni saqlab qolish maqsadida harakat qilish istagini hisobga olib, quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar: 1-modda Ahdlashuvchi Tomonlar ikki xalq tarixi va madaniyatini oʻzaro oʻrganishni yaxshilash maqsadida ikkala mamlakat oʻrtasida turizm sohasida munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida eʼtibor beradilar. 2-modda Ahdlashuvchi Tomonlar turizm sohasini rivojlantirishga koʻmaklashadigan hamkorlikni mustahkamlashga intiladilar. Shu maqsadda ular turizmni rivojlantirish va turizm bozorini oʻrganish, shuningdek mavjud imkoniyatlardan foydalanishni yaxshilash va Tomonlarning amal qilayotgan qonunlariga muvofiq turizm sektorida sarmoyalarni rivojlantirish boʻyicha oʻqitish va tadqiqotlar oʻtkazish sohasidagi hamkorlik uchun ekspertlar bilan almashishni ragʻbatlantiradilar. 3-modda Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagilarni ragʻbatlantiradilar: a) turizmni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi birgalikdagi harakatlar uchun tajriba almashish va imkoniyatlarni oʻrganish maqsadida turizmni rivojlantirish sohasida texnologik birgalikdagi harakatni amalga oshirish; b) nashrlar va turistik reklama materiallari bilan almashish; s) ikkala mamlakatda turistik vakolatxonalarni ochish (ularning xodimlari kirish va boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi milliy qonunlarga muvofiq tayinlanadi); d) turistik maqsadlarda tarixiy binolarni qoʻriqlash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish; e) turizmga taalluqli qonunlar sohasida hamkorlik. 4-modda Ahdlashuvchi Tomonlar kasb boʻyicha oʻqitish sohasidagi hamkorlikni ragʻbatlantiradilar va turizm sohasida oʻqitish dasturlari toʻgʻrisidagi axborot almashuviga koʻmaklashadilar. Ular vakolatli maʼmurlar ishtirokida turizm sanoatini boshqarish sohasida stajirovka oʻtuvchi ekspertlarga va bu sohadagi boshqa ekspertlarga stipendiyalar berish uchun imkoniyatlarni izlaydilar. 5-modda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻqitish masalalari va uning natijalari yuzasidan axborot almashish yoʻli bilan turistik va mehmonxona xoʻjaligi boʻyicha oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi turizm sohasidagi oʻqitish dasturlarini yaratishga intiladilar. 6-modda Ahdlashuvchi Tomonlar tegishli organlar oʻrtasida, shuningdek turizm sohasida faoliyat koʻrsatuvchi xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun harakat qiladilar va bu sohadagi tegishli yutuqlar toʻgʻrisida axborot almashishni amalga oshiradilar. 7-modda Ushbu Bitimni bajarish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar, zaruriyat boʻlgan holda, ikki tomonlama maslahatlashishlar oʻtkazishga koʻmaklashadilar. 8-modda Ahdlashuvchi Tomonlar Bitimning kuchga kirishi uchun milliy qonunlar talab qiladigan protseduralarning bajarilishi toʻgʻrisida bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar. Ushbu Bitim oxirgi xabarnoma olingan vaqtdan kuchga kiradi. Ushbu Bitim besh yil mobaynida amal qiladi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri Bitim amal qilishining muddati tugashidan uch oy ilgari diplomatik kanallar orqali uni yozma ravishda denonsatsiya qilguniga qadar har yili oʻz-oʻzidan uzaytiriladi. Ushbu Bitimning denonsatsiya qilinishi, agar Tomonlar boshqa kelishuvga erishmasalar, Bitimning amal qilish davrida aniqlangan dastur va loyihalarning bajarilishiga taʼsir qilmaydi. Buning tasdigʻi sifatida, quyida imzo chekuvchilar, hukumatlarining tegishli vakolatini olgan vakillari, ushbu Bitimni Toshkent shahrida 1997-yil 3-mayda ikki nusxada, har biri oʻzbek, italyan va ingliz tillarida imzoladilar, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor boʻladi. (imzolar) |