Соглашение между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Греческой Республики
Кучга кириш санаси
17.01.1998
Рус
Ўзб
O’zb
Рус|Ўзб
Рус|O‘zb
|
Соглашение между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Греческой Республики О СОТРУДНИЧЕСТВЕ В ОБЛАСТИ ТУРИЗМА Афины, 1 апреля 1997 года (Вступило в силу 17 января 1998 года) (подписи) |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Gretsiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida Bitim TURIZM SOHASIDA HAMKORLIK QILISh TOʻGʻRISIDA 1997-yil 1-aprel, Afina (1998-yil 17-yanvardan kuchga kirgan) Bundan keyin «Ahdlashuvchi Tomonlar» deb yuritiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Gretsiya Respublikasi Hukumati, teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlikka asoslangan holda turizmni rivojlantirishga intilib, turizm sohasida yanada samaraliroq ikkiyoqlama hamkorlikka erishish istagini bildirib, quyidagilar haqida ahdlashib oldilar: 1-modda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz mamlakatlarining qonunchiliklari doirasida, zarur sharoitlarni yaratib berish orqali ikki mamlakat oʻrtasida turistlar bilan almashishni ragʻbatlantirish uchun ikki tomonlama turistik harakatning rivojlanishiga yordam beradilar. 2-modda Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakatning turizm bilan shugʻullanuvchi firmalari va tashkilotlarining hamkorliklarini rivojlantirish orqali turistik oqimni oʻzaro koʻpaytirishga yordam beradilar. Tomonlar oʻz mamlakatlari qonunchiliklari doirasida va hamkorlikka asoslangan holda turistik nashrlar va reklama materiallari, shuningdek kino va televideniye uchun moʻljallangan filmlar va audio-video materiallarni ikki mamlakatda tarqatilishini ragʻbatlantiradilar. 3-modda Ahdlashuvchi Tomonlar, imkon darajasida, turizmga aloqador maʼlumotlarni oʻzlarining tegishli diplomatik vakolatxonalari orqali tarqatishni ragʻbatlantiradilar va, oʻz mamlakatlari qonunchiliklari doirasida maʼlumotlar va ekspertlar bilan almashishga yordam beradilar. 4-modda Turistik informatsion hujjatlarni va materiallarni nashr uchun olib kirish haqidagi 1954 yil 4 iyunda qabul qilingan Nyu-York Konvensiyasining qoʻshimcha Protokoli, shuningdek Yevropa Ittifoqining mazkur masala yuzasidan qabul qilgan qonunchiligiga muvofiq nashr uchun materiallar, shu jumladan turizmni reklama qilish maqsadida amalga oshiriladigan turistik koʻrgazmalar va filmlar uchun moʻljallangan materiallar import mollari uchun toʻlanadigan soliqlar va bojxona bojlaridan ozod qilinadi. 5-modda Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakatda ham turizmni rivojlantirishda muhim hisoblangan bunyodkorlik, mehmonxonalarni jihozlash va boshqarish masalalari bilan shugʻullanuvchi oʻz mamlakatlari firma va tashkilotlarining oʻzaro hamkorlik qilish borasidagi imkoniyatlarini oʻrganadilar. Ahdlashuvchi Tomonlar tegishli imkoniyatlarni kengaytirish orqali va oʻz mamlakatlarining qonunchiliklariga rioya qilgan holda mazkur sohada hamkorlikka yordam beradilar. 6-modda Ahdlashuvchi Tomonlar turizm sohasini sarmoyalar bilan taʼminlash sohasida oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatlarini oʻrganadilar va shu maqsadda tajriba, shuningdek ikki mamlakatning milliy qonunchiliklari tomonidan sarmoyalar sohasida imtiyozlar, shu jumladan ikki mamlakatda sarmoyalar uchun yaratilgan mavjud sharoitlar haqida axborot bilan almashib turadilar. Ahdlashuvchi Tomonlar mamlakatlarining masʼul organlari va manfaatdor tashkilotlariga oʻz milliy qonunchiliklari asosida turizm sohasida qoʻshma korxona tuzishlari va boshqa investitsiya loyihalarini amalga oshirishlariga yordam beradilar. 7-modda Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro turizm sohasida hamkorlik qilish bilan bogʻliq masalalar, shuningdek xalqaro turistik tadbirlarda ishtirok etish boʻyicha fikr almashib turadilar. 8-modda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining masʼul organlari va manfaatdor tashkilotlari orqali taʼlim va kadrlar tayyorlash, ayniqsa turizm industriyasida band boʻluvchi kadrlar tayyorlash sohasidagi texnik hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqadilar. 9-modda Ikki yoqlama maslahatlashuvlar, shuningdek masʼul vakolatli organlar bergan tavsiyalarni bajarish orqali mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida har ikki Tomonning vakolatli vakillaridan tashkil topgan, shuningdek unda ishtirok etish uchun xususiy turistik sektordan ham shaxslar taklif qilinishi mumkin boʻlgan Qoʻshma komissiya tuziladi. Komissiya yigʻilishlari Ahdlashuvchi Tomonlar kelishgan muddatlarda har ikki mamlakatda navbatma-navbat oʻtkaziladi. 10-modda Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab vaqtincha, va har ikki Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitimni kuchga kirishiga zarur boʻlgan qonuniy rasmiyatchiliklar bajarilgani haqida diplomatik kanallar orqali bir-birlarini xabardor qilgan kundan boshlab toʻliq kuchga kiradi. Mazkur Bitim besh yil davomida kuchda boʻladi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Tomonni mazkur Bitimning navbatdagi muddati tugashidan olti oy oldin Bitimni bekor qilish haqida xabardor qilmasa, Bitim qoʻshimcha besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi. Afina shahrida 1997-yil 1-aprelda, ikki nusxada, har biri oʻzbek, grek va ingliz tillarida imzolandi, bunda uchchala matn ham teng autentikdir. Kelishmovchiliklar yuzaga kelganda ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi. (imzolar) |