Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustaqil teleradio kanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 8-noyabrdagi PF–3678-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-mart,
41-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga
1-ILOVA
2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jihozlash toʻgʻrisida” 1997-yil 25-avgustdagi 412-son qarorining 2, 4 va 6-bandlaridagi “Teleradiokompaniyaning” va “Oʻzbekiston teleradiokompaniyasiga” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining” va “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda):
a) 5-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston MTRK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston MTRK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomda:
5-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston MTRK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston MTRK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) Davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish), teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish bilan shugʻullanish faoliyatiga litsenziyalar berish uchun hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish tartibining 5 va 6-bandlaridagi “Oʻzteleradio” kompaniyasiga” va “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga” va “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
a) 1—3-bandlardagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi”, “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston MTRK”, “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston MTRK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8-banddagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 10-banddagi “Oʻzdavstandart” markazi” soʻzlari “Oʻzstandart” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 4-noyabrdagi 484-son qarorining 3, 5 va 6-bandlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1030-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1030/0499-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
a) 27-ilovadagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 45-ilovadagi “Oʻzteleradio” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi tizimi uchun jalb etilgan xorijiy kreditlarning toʻlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 28-dekabrdagi 611-son qarorining 1-bandidagi “Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasining tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 20-modda):
a) 2-ilova quyidagi mazmundagi 23-band bilan toʻldirilsin:
“23. Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi”;
yigirma uchinchi—yigirma sakkizinchi bandlar tegishli ravishda yigirma toʻrtinchi—yigirma toʻqqizinchi bandlar deb hisoblansin;
b) 3-ilovadagi Mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar birinchi blokiga “Akademik, xalq va badiiy jamoalar direksiyasi” xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga
2-ILOVA
2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasining koʻrsatuv va eshittirishlari hajmini koʻpaytirish, uning moddiy-texnika negizini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 28-martdagi 167-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” toʻgʻrisida 1996-yil 24-maydagi 190-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 6-son, 18-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 83-modda; 2015-y., 49-son, 613-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1030/0499-son; 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)