Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IQTISODIY VA TEXNIKAVIY HAMKORLIK BOʻYICHA OʻZBEKISTON—INDONEZIYA HUKUMATLARARO KOMISSIYANI TUZISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasi bilan oʻzaro foydali iqtisodiy va texnikaviy hamkorligini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston—Indoneziya hukumatlararo komissiyasi tuzilsin, unga respublika vazirliklari va idoralarning, davlat, aksiyadorlik va xususiy korxonalarning, jamoat tashkilotlari va uyushmalarining Indoneziya Respublikasi bilan iqtisodiy va texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasi yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-dekabrdagi 520-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston—Indoneziya hukumatlararo komissiyaning kotibiyati funksiyasini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 17-avgust,
351-son