06.04.2006 yildagi O‘RQ-31-son
Hujjat 08.04.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi 1006–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 50-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
beshinchi xatboshisi “va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “shuningdek oziq-ovqat mahsulotini hamda bunday mahsulotni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 10-moddaning uchinchi qismidagi “davlat boshqaruvining tegishli organi bunday talabnomalarni kechiktirmay ishlab chiqishi va amalga kiritishi shart” degan so‘zlar “O‘zstandart” agentligi davlat boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda bunday talabnomalarning kechiktirmay ishlab chiqilishi va amalga kiritilishini ta’minlaydi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi 483–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 6-moddasining ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan davlat sanitariya nazorati organlari beradigan gigiyena sertifikati asosida” degan so‘zlar “gigiyena sertifikati berilayotganda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi qismidagi “hamda qonun hujjatlariga binoan mazkur talablarga muvofiqlikka doir majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi zarur” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi—to‘qqizinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi—o‘ninchi qismlar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.