Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ISTEʼMOL TOVARLARI ULGURJI SAVDOSI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-martdagi PQ–300-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ular tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarining yoʻqotishlardan va nolikvid tovarlar narxini pasaytirishdan koʻrgan zararlari faqat korxonalarning oʻz daromadlari hisobiga qoplanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tijorat banklariga “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari ularning mamlakatimiz korxonalaridan isteʼmol tovarlari xarid qilishga yoʻnaltiriladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun qisqa muddatli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazsin;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalariga qonun hujjatlari talablariga rioya qilishni hisobga olgan holda isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar bersin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda hududiy “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatini mufassal oʻrganib chiqsinlar hamda ular faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, qishloq joylardagi, borish qiyin boʻlgan hamda togʻli tumanlardagi aholining zarur isteʼmol tovarlariga ehtiyojlarini yanada toʻliq qondirish yuzasidan aniq takliflar kiritsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-mart,
52-son
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ular tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
I. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
(boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1.“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari muassislari tomonidan taqdim etiladigan taʼsis hujjatlarida:
shakllantiriladigan ustav fondi miqdori (ulgurji savdo korxonalari — aksiyadorlik jamiyatlari uchun — qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda, boshqa ulgurji savdo korxonalari uchun — eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida, ulardan pul mablagʻlari bilan — eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida) toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
faoliyat turi — isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
II. Isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
3. Hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar (keyingi oʻrinlarda sotuvchilar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish huquqiga litsenziya mavjud boʻlganda ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun sotuvchilarda oʻzining yoki ijaraga olingan omborxona binolari, sovutish (zaruriyat boʻlganda), koʻtarish-tushirish va transport uskunalari, tegishli infratuzilma — avtomobil va temir yoʻl kirish yoʻllari, elektr energiyasi va suv taʼminoti tarmoqlari mavjud boʻlishi kerak.
5. Sotuvchilar tovarlarning yetkazib beruvchilarini va xaridorlarini shartnoma asosida mustaqil ravishda tanlab olish huquqiga ega hamda sotilgan tovarlarning keyinchalik foydalanilishi uchun javob bermaydilar.
6. Sotuvchilar tomonidan isteʼmol tovarlari hududiy joylashuvidan qatʼi nazar, har qanday xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan belgilangan tartibda chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanayotgan va nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turgʻun savdo tarmogʻiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga, maxsus isteʼmolchilarga, davlat taʼminotidagi muassasalarga, ishlab chiqarish korxonalariga ulgurji sotiladi.
Tovarlar jismoniy shaxslarga faqat yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va qonun hujjatlarida belgilangan shakldagi chakana savdoni amalga oshirishga ruxsat beruvchi guvohnoma mavjud boʻlganda ulgurji sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
8. Tovarlarni ulgurji sotish faqat tuzilgan shartnomalar asosida va oʻzaro hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Sotuvchilarning vazifalari
9. Savdo faoliyatini amalga oshirishda sotuvchilar:
tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi (shartnoma, schyot-faktura, tovar-yoʻl hujjatlari) hujjatlarga;
muvofiqlik sertifikatiga, tovarlarning ishlab chiqarish korxonalarida sertifikatlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki ularning nusxalariga — majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim boʻlgan tovarlar sotilganda.
isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyaga ega boʻlishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Mazkur Nizomga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik
10. Litsenziyasiz yoxud litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan davrda ulgurji savdoni amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari, isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalarining isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda berilgan litsenziya ulgurji savdo korxonalariga:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
hududiy joylashuvidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan belgilangan tartibda chakana savdo faoliyatini amalga oshirayotgan va nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turgʻun savdo tarmogʻiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga, maxsus isteʼmolchilarga, davlat taʼminotidagi muassasalarga, ishlab chiqarish korxonalariga tovarlarni ulgurji sotish;
faqat yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi va qonun hujjatlarida belgilangan shakldagi chakana savdoni amalga oshirishga ruxsat beruvchi guvohnomasi mavjud boʻlgan jismoniy shaxslarga tovarlarni kichik turkumlar bilan ulgurji sotish huquqini beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchixatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
3. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan korxonalarning isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiriladi.
4. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziya berish yuzasidan hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Litsenziya berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Davlat boji summasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Quyidagilar isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishi;
ulgurji savdo korxonalari — aksiyadorlik jamiyatlari uchun — qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda, boshqa ulgurji savdo korxonalari uchun — eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida, ulardan pul mablagʻlari bilan — eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondining mavjud boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzining yoki ijaraga olingan omborxona binolari, sovutish (zaruriyat boʻlganda), koʻtarish-tushirish va transport uskunalari, tegishli infratuzilma — avtomobil va temir yoʻl kirish yoʻllari, elektr energiyasi va suv taʼminoti tarmoqlari mavjud boʻlishi;
muvofiqlik sertifikatlari yoki mahsulotlarning ishlab chiqarish korxonalarida sertifikatlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoxud ularning nusxalari mavjud boʻlishi — majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim boʻlgan tovarlar sotilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya talabgorining “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kirishi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
b) ulgurji savdo korxonalari uchun shakllantirilgan ustav fondining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) oʻzining yoki ijaraga olingan omborxona binolari, sovutish (zaruriyat boʻlganda), koʻtarish-tushirish va transport uskunalari, tegishli infratuzilma — avtomobil va temir yoʻl kirish yoʻllari, elektr energiyasi va suv taʼminoti tarmoqlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
g) litsenziya talabgorining “Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kirishini tasdiqlovchi hujjatlar;
(8-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
d) litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali beriladi.
11. Hujjatlar litsenziyalovchi organning masʼul xodimi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
12. Hujjatlarni koʻrib chiqish va isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddati roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan muddatdan ortiq boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bank hisob raqamining rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
14. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi hamda unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
15. Litsenziyalar litsenziyalovchi organ tomonidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakldagi blankalarda rasmiylashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining vakolatli oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Litsenziya blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Litsenziya mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha beriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
17. Litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan kunda litsenziya bitimi tuziladi va litsenziya beriladi.
18. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya berishni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir kun mobaynida rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
22. Litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan yoxud joylashgan joyi oʻzgargandan keyin bir hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun litsenziyalovchi organga murojaat qilishi shart.
23. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat litsenziyada koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziat litsenziya dublikati olish uchun litsenziyalovchi organga, yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda, litsenziya dublikati berish toʻgʻrisida ariza hamda litsenziya dublikati berilgani uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
Litsenziya dublikati berishda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziya dublikati berilgani uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat tegishli nazorat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tegishli nazorat organlari litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrashi va olishi mumkin.
Tekshirishlar natijalari asosida tekshirish dalolatnomasi tuziladi. Buzilishlar aniqlangan taqdirda tekshirish dalolatnomasida litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlari koʻrsatiladi.
Tekshirish dalolatnomasi nusxasi litsenziyalovchi organga yuboriladi, litsenziyalovchi organ litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qaror chiqaradi hamda bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi.
27. Tekshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, ulardan bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi nazorat organida qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
28. Litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23 va 24-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
30. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
31. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
a) litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar: yuridik shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomi, roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (roʻyxatdan oʻtkazish sanasi, roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami, STIR), pochta manzili hamda mavjud boʻlsa telefon, faks raqami, elektron pochta manzili;
b) faoliyatning litsenziyalanayotgan turi;
v) litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
g) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
d) litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
e) litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
j) dublikat berishning asoslari va sanasi.
32. Litsenziyalar reyestridagi maʼlumotlar manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi hamda aniq litsenziatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrdan koʻchirma tarzida yozma soʻrov asosida va soʻrov uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda uch kun muddatda beriladi.
33. Reyestrdan bir litsenziat toʻgʻrisida maʼlumot berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida toʻlov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar tekin beriladi.
34. Reyestrdan maʼlumot berilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini
litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
|
Oʻzbekiston Respublikasining | |
| | |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi | |
|
LITSENZIYA | |
|
Mazkur litsenziya bilan __________________________________________________________ ga | |
|
(litsenziya egasining toʻliq nomi) | |
| _______________________________________________________________ | |
|
(faoliyatning ruxsat berilgan turi) | |
| _______________________________________________________________________________ | |
| _____________________________ ni amalga oshirishga ruxsat beriladi. | |
| Litsenziya egasining joylashgan joyi (pochta manzili): _______________________________ | |
| ________________________________________________________________________________ | |
| Soliq toʻlovchi-litsenziya egasining identifikatsiya raqami:____________________________ | |
| Litsenziya berilgan sana _____________ yil _____________ | |
| Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmagan. | |
| Reyestr boʻyicha tartib raqami ______________________________________________________ | |
| Vakolatli shaxs: | |
|
___________________________________ |
___________ |
|
(F.I.O.) |
(imzo) |
| | |
| M.Oʻ. | |
| | |
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 106-modda; 2011-y., 20-21-son, 202-modda; 2016-y., 27-son, 326-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)