Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
BUYRUGʻI
Oldingi tahrirga qarang.
super elita, ELITA VA KEYINGI AVLODLARGA MANSUB URUGʻLIK PAXTA YETIShTIRISh HUQUQIGA EGA BOʻLISh UChUN XOʻJALIKLAR OʻRTASIDA TANLOV OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(Buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-martda 1551-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 31-yanvardagi “2006-yilda paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-271-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur buyruq kuchga kiritilgan vaqtdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2003-yil 18-yanvardagi 14-sonli “Urugʻlik paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni tanlov asosida roʻyxatga olish haqidagi” buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning oʻrinbosari O.Ollaberganov zimmasiga yuklatilsin.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-fevral,
39-son
Oldingi tahrirga qarang.
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
(Nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 497-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-yanvardagi PQ-271-sonli qarorlariga muvofiq tajriba va fermer xoʻjaliklariga super elita, elita va keyingi avlodli urugʻlarini yetishtirish huquqini berish uchun tanlov oʻtkazish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
I. Umumiy shartlar
1. Tumanda urugʻlik paxta yetishtirish maydoni, urugʻlik uchun ekiladigan gʻoʻza navlari va kutiladigan urugʻlik paxta xomashyosi hajmlari gʻoʻza urugʻchiligi Respublika markazi hududiy birlashmalari takliflari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tuman hokimi super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov oʻtkazish komissiya tarkibini tasdiqlaydi va tanlovni eʼlon qilish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Komissiya tarkibiga tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (komissiya raisi), tuman urugʻchilik inspeksiyasi, oʻsimliklarni himoya qilish tuman otryadlari, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, tuman texnika nazorati boʻlimi, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi hosiloti va boshqa tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari kiritilishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda yigʻilish oʻtkazishga haqli hisoblanadi.
Urugʻlik paxta yetishtirish toʻgʻrisidagi huquq 1 yilga beriladi.
4. Tuman hokimining tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari boshqaruvi (maʼmuriyati) binolarida osib qoʻyilishi kerak. Eʼlonda tanlovning oʻtkazish vaqti va joyi, taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxati va tanlov oʻtkazish tartibi koʻrsatilishi lozim.
5. Tanlov uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinib, eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kundan keyin oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tanlovda ishtirok etish huquqiga paxta yetishtiruvchi fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklar ega.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Komissiya super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun ruxsat berish boʻyicha tanlov oʻtkazadi. Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlash uchun tuman hokimiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnoma nusxalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari hamda gʻoʻza urugʻchiligi Respublika markazining hududiy birlashmalariga taqdim etiladi.
8. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
(7-8-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
II. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun ruxsat berish umumiy shartlari
(II-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
9. Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kun davomida arizalar qabul qilinadi.
10. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov eʼlon qilingan kunning 30-kuni soat 18-00 da toʻxtatiladi. Agar 30-kun dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuni soat 18-00 da arizalarni qabul qilish toʻxtatiladi.
11. Ariza va hujjatlarni komissiyaning kotibi qabul qiladi. Komissiyaning kotibi daʼvogarlarga tanlovda yuqori ball olishi uchun imkon beradigan barcha holatlarni tushuntirib, lozim boʻlganda uning hujjatlaridagi kamchiliklarni ishchi tartibda bartaraf etish choralarini koʻradi. Komissiya kotibi tanlovda ishtirok etish kunigacha daʼvogarning baholanadigan imkoniyatlarini asoslantiruvchi hujjatlarning toʻliq taqdim qilinishini, ularning toʻgʻri rasmiylashtirilishini taʼminlashga koʻmaklashishi lozim.
III. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash tartibi
12. Tanlov 5 ish kunida oʻtkaziladi. Tanlov ikki bosqichdan iborat boʻladi:
birinchi bosqichda hujjatlarning toʻliqligi va mazmuni tekshiriladi;
ikkinchi bosqichda daʼvogarlarning arizalarida bayon qilingan imkoniyatlarining asoslanganligi oʻrganib chiqiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
13. Daʼvogarlar imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda komissiya muayyan super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun berilgan ariza taqdim etgan daʼvogarlarning hujjatlari asosida ularning takliflarini puxta oʻrganib chiqadi. Bunda ariza beruvchining oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning toʻliqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
15. Tanlovda ishtirok etuvchi qatnashuvchilarni tanlashning birinchi bosqichida daʼvogarlarning imkoniyatlari quyidagi koʻrsatkichlar asosida baholanadi:
a) xoʻjaliklarning yer unumdorligi (tuman yer tuzish va kadastr boʻlimi maʼlumoti)ga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
b) xoʻjaliklarning suv taʼminoti (tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi maʼlumotlari)ga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Yerlarni shoʻrlanganlik darajasi, suv yoʻllariga mosligi, sizot suvlarning joylashuvi, keyingi 3 yilda gʻoʻza kasalliklari va zararkunandalariga chalinmaganligi va boshqa koʻrsatkichlar inobatga olinadi.
v) xoʻjalikda ishlayotgan xodimlarning mutaxassisligi toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma)ga asosan 5 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
g) daʼvogarning qishloq xoʻjaligidagi ish stajini aniqlashda mehnat daftarchasiga asosan faqat urugʻchilik sohasida oʻtalgan ish staji inobatga olinadi va 6 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Bunda komissiyaga mehnat daftarchasining asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
d) xoʻjalikda ishlayotgan xodimlarning maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma)ga asosan 5 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
e) daʼvogarning majburiyatlardan xoli pul mablagʻlari mavjudligi bank tomonidan berilgan maʼlumotnomada tasdiqlangan boʻlishi lozim. Bank maʼlumotnomasi bank Boshqaruvi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.
j) daʼvogarning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib 1 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Komissiyaga texnika vositalari texnik pasportlarining asl nusxalari taqdim etiladi.
Tanlovga taklif etilgan texnika vositalari quyidagilar asosida baholanadi:
texnika vositalarini baholashda faqatgina texnik pasportidagi texnik sozligi toʻgʻrisidagi belgi mavjud boʻlgan texnika vositalarigina inobatga olinadi;
taklif etilgan barcha turdagi texnika vositalari uchun qoʻyilgan ballar yigʻindisi 15 balldan oshmasligi lozim.
z) daʼvogar soʻnggi uch yilda paxta xomashyosi yetkazib berish shartnomalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi tuman statistika boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumot asosida 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Daʼvogarning har bir koʻrsatkichi boʻyicha tegishli ballni berish masalasi komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir koʻrsatkich boʻyicha bitta ball beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Yigʻilishda komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovoziga koʻra qoʻyilgan reyting ballariga asosan tanlov gʻoliblari aniqlanadi.
Tanlovda har bir komissiya aʼzosi tomonidan daʼvogarga qoʻyilgan ballar yigʻindisi komissiyada ball qoʻygan aʼzolar soniga boʻlinadi va daʼvogarga qoʻyilgan oʻrtacha ball hisoblab chiqariladi.
17. Eng koʻp ball toʻplagan daʼvogar tanlov gʻolibi deb komissiya raisi tomonidan eʼlon qilinadi.
18. Tumanda urugʻlik yetishtirish uchun talab etiladigan maydonga qarab, keyingi oʻrinlarni egallagan daʼvogarlar ham urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻladi.
19. Komissiya yakuniy yigʻilishining bayonnomasi mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda ikki nusxada tuzilib, komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
20. Komissiyaning yakuniy yigʻilishi bayoni va unga ilova qilingan hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalariga yuboriladi (tuman hokimiyati qoshidagi komissiya bilan kelishgan holda).
Oldingi tahrirga qarang.
IV. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun daʼvogarlarni tanlash va tanlov oʻtkazish ishlari boʻyicha hujjatlarni yuritish
(IV-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun daʼvogarlarni tanlash va tanlov oʻtkazish boʻyicha hujjatlari komissiya kotiblari tomonidan yuritiladi. Komissiya kotibi, qoida tariqasida, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi xodimi boʻladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
22. Komissiyaning daʼvogarlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlari alohida yigʻma jildlarda saqlanadi. Mazkur hujjatlar urugʻchilik xoʻjaliklarining barchasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng 2 hafta mobaynida respublika gʻoʻza urugʻchiligi markazining idoraviy arxiviga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Har bir yigʻma jildda quyidagi hujjatlar tikilishi lozim:
a) tanlovlarga daʼvogarlar tomonidan taqdim etilgan arizalari va unga ilova qilingan hujjatlar;
b) komissiyaning tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlari;
v) tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasi;
g) komissiyaning har bir ariza boʻyicha daʼvogarlarni tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarorlari;
d) har bir komissiya aʼzosi tomonidan toʻldirilgan tanlov varaqalari;
e) tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi;
j) tanlov oʻtkazish yakunlari yuzasidan komissiya tomonidan qabul qilingan bayonnomalari;
z) daʼvogarlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar.
Jildga reyting ballari berishga asos boʻlgan barcha hujjatlar (shu jumladan asli taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari) tikilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Komissiyaning faoliyatiga doir hujjatlarni toʻliq yuritilishi, saqlanishi va belgilangan muddatlarda arxivga topshirilishiga komissiya raisi va kotibi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
V. Tanlov gʻoliblarining vazifalari, funksiyalari va javobgarligi
25. Tanlov gʻoliblarining asosiy vazifalari:
respublika ehtiyojini qondirish uchun navlar boʻyicha zarur miqdordagi, standart talablariga mos keluvchi nav urugʻlarining avlodlarini hisobga olgan holda yetishtirish;
koʻpaytirilayotgan navning qimmatli xoʻjalik, texnologik xususiyatlarini saqlab qolish;
yuqori sifatli va nav sofligiga ega boʻlgan super elita va elita urugʻlarini yetishtirish;
super elita va elita urugʻliklarini yetishtirish va qayta ishlash tartib va qoidalariga amal qilish;
nav mualliflari va nav originatorlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va meʼyorlarda sifatli oʻtkazilishini taʼminlash.
Tanlov gʻoliblari oʻzlariga yuklatilgan vazifalarga asosan quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
urugʻlik maydonlarini yuqori unumdor, mexanizmlar yordamida ishlov berishga qulay, suv bilan yaxshi taʼminlangan, shoʻrlanmagan va tekis dalalarda joylashtiradi;
almashlab ekish va agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish dasturini tuzish va ularning hisobini olib boradi;
har bir gektar super elita va elita chigiti ekilgan maydonlarni bir mutaxassis hisobida bittadan yuqori malakali urugʻchi-mutaxassislar bilan taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
super elita va elita maydonlarini ixcham qilib joylashtirish, belgilangan tartibda va maqbul muddatlarda oraliq himoya masofani saqlagan holda ekadi;
foydalanishga ruxsat etilgan preparatlar bilan zararsizlantirilgan urugʻlarni ekadi;
nav va tur tozaligi boʻyicha dala koʻrigi va oʻtogʻini yiliga kamida ikki marta oʻtkazishni tashkillashtiradi.
(V-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yakuniy qoidalar
27. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar Komissiya tomonidan amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan tartibda hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Mazkur Nizom “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
(Nizomning 27-28-bandlari Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) muvofiq 26-27-bandlar deb hisoblansin — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
“Kelishildi”
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi E. ZIKRIYOEV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-fevral,
Oldingi tahrirga qarang.
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta
yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida
tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida
tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlovini oʻtkazish sxemasi
(1-ilovaning raqamlanishi va uning nomi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish
huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov
oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov
oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilovaning raqamlanishi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda daʼvogarlarning imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI
REYTING BALLARI
| T/r | Baholash meʼzonlari | Reyting koʻrsatkichlari | Reyting ballari | Taqdim etiladigan hujjatlar |
| 1 | Ekin maydoni holati | 60 ball bonitetdan yuqori 50 dan 60 gacha 40 dan 50 gacha |
10 ball 8 ball 4 ball |
Tuman yer resurslari boʻlimining maʼlumoti |
| 2 | Suv taʼminoti | Yaxshi Oʻrta Yomon |
10 ball 8 ball 4 ball |
Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining maʼlumoti |
| 3 | Xoʻjalik xodimlarining mutaxassisligi | Urugʻchilik boʻyicha agronom, agronom iqtisodchi, yurist injener, hisobchi, mexanik, zootexnik, veterinar, boshqa mutaxassis |
10 ball 9 ball 8 ball 7 ball 5 ball |
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi |
| 4 | Xoʻjalik xodimlarining qishloq xoʻjaligidagi ish staji | 15 yil va undan yuqori 10 yildan 15 yilgacha 5 yildan 10 yilgacha 3 yildan 5 yilgacha 1 yildan 3 yilgacha |
10 ball 9 ball 8 ball 7 ball 6 ball |
Mehnat daftarchasi yoki uning belgila�gan tartibda tasdiqlangan nusxasi |
| 5 | Xoʻjalik xodimlarining maʼlumoti | Oliy Oʻrta maxsus Oʻrta |
10 ball 7 ball 5 ball | Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi |
| 6 | Daʼvogar hisobvaragʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi yoki mol-mulki | 10 mln. soʻmdan yuqori 5 mln. — 10 mln. soʻmgacha 1 mln. — 5 mln. soʻmgacha 500 mingdan — 1 mln. soʻmgacha |
10 ball 8 ball 6 ball 4 ball |
Bank maʼlumotnomasi. Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat |
| 7 | Daʼvogarga tegishli yaroqli texnika | Haydov traktori yoki oʻrim texnikasi. Ishlov berish traktori. Transport traktori. Yuk mashinasi. Yengil mashinasi. Boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi | 10 ball 9 ball 8 ball 2 ball 1 ball 1 ball |
Texnik pasport |
| 8 | Daʼvogarning soʻnggi uch yil davomida paxta xomashyosi yetkazib berish boʻyicha shartnomalarning bajarilishi | 3 yil surunkali bajarganda 3 yildan 2 yil bajarganda 3 yildan 1 yil bajarganda |
10 ball 8 ball 6 ball |
Tuman statistika boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotnoma |
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish
huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov
oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov
oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
(3-ilovaning raqamlanishi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 1-martdagi 54-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1551-1, 24.03.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 13-son, 120-modda)
| | | |
| _________ viloyati _______ tumani ______________________________________ komissiyasi yigʻilishining | ||
| | (komissiyaning nomi) | |
|
____________-SONLI BAYoNNOMASI | ||
| _____________ viloyati _________________ tumani “___” _________ 200_ yil | ||
| Raislik qildi: ________________________________________________________________________________ | ||
|
(komissiya raisi F.I.Sh.) | ||
| Qatnashdilar: _________________________________________________________________________________ | ||
|
(komissiya aʼzosi F.I.Sh.) | ||
|
_______________________________________________________________________________________________ | ||
|
(komissiya aʼzosi F.I.Sh.) | ||
| ______________________________ urugʻchilik xoʻjaliklari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov yakunlari toʻgʻrisida. | ||
| Kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya raisi _________________________________________________ | ||
| ___________________________________________________________________________ axboroti eshitildi. | ||
| ___________________________________________________________________________________________ | ||
| Kun tartibidagi masalani muhokama qilib, komissiya | ||
|
QAROR QILADI: | ||
| __________________ urugʻchilik xoʻjaliklari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov yakunlari quyidagicha tasdiqlansin. | ||
| |
| T/r | Tanlov gʻolibining nomi | Maydoni, ga | Toʻplagan bali |
| 1. | | | |
| 2. | | | |
| 3. | | | |
| 4. | | | |
| 5. | | | |
| Komissiya raisi | __________________________ |
__________________ |
| |
(F.I.Sh.) |
(imzo) |
| Komissiya aʼzolari: | __________________________ |
__________________ |
| |
(F.I.Sh.) |
(imzo) |
| Kotib | __________________________ |
__________________ |
| |
(F.I.Sh.) |
(imzo) |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 88-modda; 2007-y., 13-son, 120-modda; 2012-y., 52-son, 598-modda; 2016-y., 5-son, 46-modda; 2017-y., 2-son, 38-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 10/17/1551-5/0417-son)