Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni hamda ularni rasmiylashtirishni yanada tartibga solish, avtomototransport vositalari bilan bitishuvlarni sodir etishda fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash hamda jinoyatchilikning oldini olish va huquq-tartibotni mustahkamlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar va bitishuvlarni rasmiylashtirishning belgilangan tartibini taʼminlash, belgilangan qoidalarga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartib buzilishi aniqlangan taqdirda aybdor mansabdor shaxslar javobgarlikka, zarur hollarda jinoiy javobgarlikkacha tortilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, 2008-yil 1-dekabrdan boshlab:
notariuslar tomonidan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini, boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta), ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qoʻyish, lizing shartnomalarini notarial tasdiqlash faqat “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan qatʼiy hisobot beriladigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
notarial tasdiqlangan boshqa shaxsga berish shartnomalari roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak, foydalanish va (yoki) tasarruf etish huquqiga ishonchnomalar va ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qoʻyish, lizing shartnomalari esa Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining DYHXX organlarida hisobga qoʻyilishi kerak
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
3. Belgilab qoʻyilsinki, avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqiga oldin berilgan ishonchnomalar mazkur qarorga muvofiq ular amal qilishining qolgan muddatiga qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi koʻrsatib oʻtilgan ishonchnomalar 2007-yil 1-yanvargacha davlat boji undirilmasdan qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasinlar.
Ishonchnomalar qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etilmagan taqdirda 2007-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining DYHXX organlari aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortgan va ularni transport vositasini boshqarishdan vaqtincha chetlatgan holda avtomobil egalari tomonidan avtomototransport vositalarini rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishi ustidan tegishli nazoratni amalga oshirsin.
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri B. Mustafoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-mart,
38-son
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini, boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta), ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qoʻyish, lizing shartnomalarini (keyingi oʻrinlarda “avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar” deb yuritiladi) rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
2. Mazkur Nizomning amal qilishi:
yuridik shaxslar tomonidan mazkur yuridik shaxslarning xodimlariga avtotransport vositalaridan foydalanishga ishonchnomalar berilishi hollariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb ataladi) roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan transport vositalariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlanishi kerak. Avtomototransport vositalarini:
ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari (avtomototransportni ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularning vakillari va vositachi (distribyutorlik) tashkilotlar);
Keyingi tahrirga qarang.
lizing shartnomalari boʻyicha lizing xizmatlari koʻrsatadigan tashkilotlar (yengil avtotransport vositalari lizingidan tashqari);
yuridik shaxslar bilan lizing shartnomalari boʻyicha mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini kamida 2,0 mlrd soʻm miqdorida ustav kapitaliga ega boʻlgan kredit tashkilotlari va asosiy faoliyat turi lizing hisoblangan tashkilotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti hududiy boshqarmalarining sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan belgilangan tartibda kimoshdi savdolarida sotish hollari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomototransport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari konsullari tomonidan ham tasdiqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-martdagi 57-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar tuzish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
5. DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtmagan avtomototransport vositalarining bozorlarda oldi-sotdisi va ayirboshlanishi, shuningdek avtomototransport vositalarini birjalar orqali sotish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18 yoshga toʻlmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, lotereya va boshqa ommaviy oʻyinlarning yutuqlari boʻlgan, qonunda belgilangan tartibda meros qilib olingan avtomototransport vositalari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash mazkur Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlash boshqa shaxsga berish taqiqlanmaganligi va xatlab qoʻyilmaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi, tasarruf etish huquqisiz ishonchnomalar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Notariuslar tomonidan boshqa shaxsga berish shartnomalari tasdiqlangunga qadar avtomototransport vositalari avtomototransport vositasi roʻyxatga olingan joydagi yoki bitim sodir etilgan (sotib oluvchining tanloviga koʻra) joydagi DYHXX organlarida agregatlar raqamlari roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan koʻzdan kechirilishi kerak. Agregatlar raqamlarining roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi koʻzdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari, koʻzdan kechirilgan sana koʻrsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qoʻyilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish hujjatidagi shtamp bilan tasdiqlanadi. Shtamp 10 kun mobaynida amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositasi koʻzdan kechirilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
(7-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash faqat qatʼiy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda ishonchnoma boʻyicha ishonchli shaxsga, boshqa shaxsga berish shartnomasi boʻyicha sotib oluvchiga va ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchiga, tekin foydalanish shartnomasi boʻyicha ssuda oluvchiga, garov shartnomasi boʻyicha pul beruvchiga, lizing shartnomasi boʻyicha lizing oluvchiga berilishi kerak boʻlgan birinchi nusxa gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Agar ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, u ishonchli shaxslar soni boʻyicha gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Qolgan nusxalarda gerbli (maxsus) blankaning seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatiladi.
Gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Konsullik muassasalari ishonchnomalarning gerbli (maxsus) blankalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taʼminlanadi.
(8-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Gerbli (maxsus) blankalardagi ishonchnomalar va bitimlar notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida gerb yigʻimi undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Gerb yigʻimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ixtiyorida qoladi va gerbli blankalar tayyorlashga hamda boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bankini yaratishga, shuningdek davlat notarial idoralarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli tartibda sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Gerbli (maxsus) blankalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish shartnomalari, shuningdek avtotransport vositalarini ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari va kimoshdi savdolari orqali sotish shartnomasi (bayonnoma) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son qaroriga muvofiq bir vaqtning oʻzida avtotransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazgan va hisobdan chiqargan holda sotib oluvchining yashash joyidagi (turgan joyidagi) DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtotransport vositalarini 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga, mototransport vositalarini 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga istisno tariqasida roʻyxatdan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi ushbu shaxslarga rasmiylashtiriladi, guvohnomaga va avtomototransport vositalarini roʻyxatga olish kartochkasiga: “Transport vositasi egasi 18 (16) yoshga toʻlgunga qadar vasiylik va homiylik organlarining yoki ularning qonuniy vakillarining (ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarning) ruxsatisiz avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar tuzish taqiqlanadi” yozuvi kiritiladi.
Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar (ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari va kimoshdi savdolari orqali sotish boʻyicha boshqa shaxsga berish shartnomalari, shartnomalar (bayonnomalar) bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda avtomototransport vositasi roʻyxatga olingan joydagi DYHXX organlarida hisobga qoʻyilishi kerak”;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab 10 kun mobaynida DYHXX organlarida roʻyxatga olish (hisobga qoʻyish) uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
DYHXX organlari tegishli notarial idoralardan ularga nisbatan avtomototransport vositalari bilan bitimlar tasdiqlangan avtomototransport vositalariga tegishli tezkor maʼlumotlarni olish yoʻli bilan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar avtomobil egalari (ijaraga oluvchilar va ishonchli shaxslar) tomonidan DYHXX organlarida oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilishi (hisobga qoʻyilishi) boʻyicha talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Avtomototransport vositalarini mazkur band talablarini buzgan holda boshqarish qonun hujjatlariga muvofiq haydovchilar transport vositasini boshqarishdan vaqtincha chetlatilgan holda ularni maʼmuriy javobgarlikka tortishga olib keladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan gerbli blankalar boʻyicha har oylik hisobot yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi yilning har choragida tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlar boʻyicha taqqoslash oʻtkazadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-oktabrdagi 229-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 43-son, 434-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat notarial idoralarida avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish va taqiqlanganligi va xatlab qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki (hujjatli) shakllantirilishini taʼminlaydi. Maʼlumotlar bankini shakllantiradigan davlat notarial idoralari roʻyxati tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan DYHXX organlari bilan birgalikda qoʻshimcha ravishda tegishli hudud boʻyicha boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar banki yuritiladi.
Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish taqiqlanishi va taqiq olib tashlanishi, shuningdek boshqa shaxsga berish taqiqlangan va xatlab qoʻyilgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini shakllantirish tartibi boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
13. Mazkur Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur Nizom talablarini tushuntirish va avtomototransport vositalari egalari eʼtiboriga yetkazish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
15. Mazkur Nizom 2006-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 10-son, 77-modda; 2008-y., 43-son, 434-modda; 2009-y., 17-son, 214-modda; 2010-y., 13-son, 98-modda; 2011-y., 7-8-son, 65-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 52-son, 603-modda; 2017-y., 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/863/2098-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/876/3927-son; 19.11.2019-y., 09/19/915/4033-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)