Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
ULGURJI SAVDO KORXONALARI UYuShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmoniga muvofiq hamda isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-martdagi PQ-1514-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 115-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-martdagi PQ-1514-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 115-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:
respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari, shuningdek ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
mazkur baza-kontoralari, ularning hududiy bazalari, shuningdek viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalariga isteʼmol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar topshirish vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari, hududiy bazalar va viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari oʻrtasida ulgurji savdoni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Toshkent shahar hokimligi Ulgurji savdo korxonalari uyushmasini Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 25-uydagi tugatilayotgan “Oʻzbeksavdo” AK binosiga joylashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-mart,
PQ–300-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 10-son, 74-modda; 2011-y., 12-13-son, 115-modda, 22-23-son, 221-modda; 2015-y., 17(1)-son, 216-modda; 2016-y., 38-son, 442-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda)