Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 28.02.2006 yildagi PQ-294-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 28.02.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT SHAHRI VA TOSHKENT VILOYATIDA YOʻLOVCHILAR TASHISH XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHGA OID QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari tomonidan nazoratning susayishi natijasida yoʻlovchilar tashish xavfsizligi talablarini qoʻpol ravishda buzish hollari va odamlar qurbon boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalari soni ortgani qayd etib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi organlari yoʻlovchilar tashiydigan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish va nosozlarini, shuningdek, foydalanishga yaroqsizlarini aniqlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyishmoqda. Shahar va shahar atrofi yoʻnalishlarida qatnaydigan avtotransport vositalari yoʻnalishga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazilmasdan foydalanilmoqda, haydovchilar esa tibbiy koʻrikdan oʻtmayaptilar. Toshkent shahar hokimligining shahar yoʻlovchi transportini boshqarish boʻyicha vakolatli organlari tomonidan shahar yoʻnalishlariga litsenziya berishning belgilangan talablariga rioya qilinmayapti, yoʻlovchilarni tashuvchilar ustidan yoʻnalish nazorati qoniqarsiz olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning hayoti va salomatligi xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash ishlarida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganliklari uchun Toshkent shahar Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati (YHXDX) organi rahbari S. Irisbekov va Toshkent viloyati YHXDX organi rahbari A. Hamidullayev Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan egallab turgan lavozimlaridan ozod etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXDX organlari rahbariyati tomonidan (G. Boltaboyev) yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va yoʻlovchi transporti sohasidagi qoidabuzarliklarning oldini olish, shuningdek, yoʻlovchilar tashiydigan transport vositalarining texnik holatini nazorat qilish boʻyicha yuklangan majburiyatlar ijrosiga nisbatan masʼuliyatsiz munosabatda boʻlayotgani koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar hokimi A. Toʻxtayev va Toshkent viloyati hokimi M. Kuchchiyev, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. Abduvaliyevga yoʻlovchi transportini nazorat qilish susaytirilgani, yoʻlovchilar tashishni amalga oshirish uchun litsenziya berishning belgilangan talablari bajarilmayotgani hamda avtotransport vositalariga zarur va xavfsiz ish sharoitlari taʼminlanmayotgani qatʼiy koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish va ularning texnik holatini nazorat qilishda YHXDX organlari shaxsiy tarkibi masʼuliyatini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat asosida yoʻlovchilar tashishda foydalaniladigan avtotransport vositalari ikki oy muddatda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlasin, bunda ularning texnik holati sifatiga va jihozlanishi yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga, shuningdek, ularning qayd etish maʼlumotlariga mos kelishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari zarur shart-sharoitlar yaratilishini hisobga olgan holda yoʻlovchi tashuvchilar, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning avtotransport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan joylarni aniqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari mazkur yoʻlovchi tashuvchilar oʻrtasida transport vositalarining tegishli texnik holatini taʼminlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida keng tushuntirish ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PF–3713-son Farmonini ijro etish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri boʻyicha yoʻlovchi tashishga litsenziya faqat Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti tomonidan berilishini koʻzda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-yanvardagi PQ–262-son qarorining 4-bandida belgilangan tartibga qatʼiy rioya qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 1-maydan boshlab shahar va shahar atrofida avtomobil transportida yoʻlovchi tashish faoliyatini amalga oshirishga yuqori darajada himoyalangan litsenziya blankalari va litsenziya kartochkalarining yangi namunasini joriy etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish huquqini beruvchi avvalgi litsenziyalar 2006-yil 1-maydan boshlab oʻz kuchini yoʻqotishi, ayni vaqtda ularni yangi blankalarga qayta rasmiylashtirish haq undirilmasdan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda mintaqalarda yoʻlovchi tashishni litsenziyalash va muvofiqlashtirish boʻyicha ijro etuvchi hokimiyat organlari huzuridagi tuzilmalar faoliyatini Toshkent shahrida yaratilgan namuna asosida tashkil etish toʻgʻrisida takliflar, shuningdek, Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishda aybdor boʻlgan shaxslar sud orqali eng kam ish haqining 20 dan 150 barobarigacha miqdorda jarima solish yoʻli bilan maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan soʻng bir yil mobaynida ayni shunday huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, yoʻlovchi tashish transporti huquqbuzarlik vositasi sifatida musodara qilinadi va aybdor shaxs qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Avtotransport vositalari haydovchilarini imtihondan oʻtkazish va ularga haydovchilik guvohnomasini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish) tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun kiritsin, bunda yoʻlovchilar tashishda ishtirok etuvchi haydovchilar tarkibini oʻqitish va tayyorlash qoidalarini takomillashtirish, imtihon oʻtkazish va haydovchilik guvohnomalari berish, transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan hujjatni olishga oʻqitadigan instruktorlarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablarini oshirish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-294-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 9-son, 64-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)