OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasida radioaloqadan foydalanish qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 21-fevralda 1547-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastotalar spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 293-son, 2004-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasida radioaloqadan foydalanish Qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganidan oʻn kun keyin kuchga kirgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab amaldagi OʻzPTAning 1999-yil 28-iyul 278-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida (1999-yil 5-iyul, 764-son bilan) roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasida radioaloqadan foydalanish Qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Bosh direktor oʻrinbosari M.M. Sangilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-fevral,
35-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 59-modda)